Qurilish sohasida nazoratinspeksiyasiga vakant lavozimlar uchun beriladigan savollar ro‘yxati


Antiseysmek chok nima maqsadda qilinadi?


Download 491.5 Kb.
bet7/22
Sana25.04.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1398876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Аттестация савол-жавоблари

36. Antiseysmek chok nima maqsadda qilinadi?
Javob: zilzilaga qarshi tom yopma plitalari va devorlar bikirligini ta’minlash uchun.


37. Qurilish ob’ektidagi qurilish mahsulotlarining (g‘isht, qum, metall) sifatini nazorat qilishda qanday yo‘l tutiladi?
Javob: mahsulotning sertifikati, maxsulotning tashqi ko‘rinishi, tamg‘alash yozuvi, asosiy ko‘rsatkichlar, kirim jurnali, fizik-mexanik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qurilish laboratoriyasiga murojat etiladi.


38. Harorat minus daraja bo‘lganda g‘isht terish qanday amalga oshiriladi?
Javob: 9 va 9 balldan yuqori xududlarda g‘isht terish taqiqlanadi;
8 ballgacha bo‘lgan hududlarda qorishmaga maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi.


39. Armatura sterjinlarni karkaslarda bajarilishida ulanish masofalarini ayting.
Javob: Armatura sterjinlarining yuza diametrini 8 ga ko‘paytirgan holda bajarilishi zarur. 12X8=96mm tashkil etishi zarur.


40. Beton ishlari havo harorati 250 S dan yuqori bo‘lganda qanday talablar qo‘yiladi?
Javob: Havo harorati 250 S dan yuqori bo‘lganda betonning loyihaviy mustahkamligidan qo‘llaniladigan sementning mustahkamligi 20% yuqori bo‘lishi va beton 70% mustahkamlikka yetguncha suv sepib turilishi lozim.


41. G‘ishtdan bajarilgan binolarda peremыchkalar eni devor qalinligining qanchasini egallashi zarur va devorga tayanish masofasi kamida qancha bo‘lishi zarur?
Javob: peremыchkalar eni devorning qalinligi bo‘yicha bajarilishi va tayanish nuqtasi 350 mm dan kam bo‘lmasligi zarur.


42. Ob’ektga keltirilgan konstruksiyalar va qurilish materiallar qaysi jihatlar (parametr) bo‘yicha nazoratdan o‘tkaziladi.
Javob: - Qurilish maydoniga kirib kelayotgan qurilish materiallar va konstruksiyalarini gabarit o‘lchamlari bo‘yicha muvofiqligi;
- sertifikatsiya va pasportlar bo‘yicha talablarga javob berilishi (pishiqlik markasi, sorti, standartga muvofiqligi);
8-9 ballik seysmik zonalar xisobi bo‘yicha kolonna va rigellardan chiqadigan ishchi armaturalarni loyixa talabi bo‘yicha mavjudligi;
- Ishchi armaturalarni temir beton kolonnalardagi zakladnoy elementlarga tutashgan joydagi payvandlash choklarini qirqim bo‘yicha to‘g‘ri bajarilganligi;
- Konstruksiya va materiallarni qurilish maydonida saqlash va taxtlashda standart talablariga javob berilishi.



Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling