Qurilish sohasida qonunlar va boshqa narmativ-huquqiy xujjatlar


oshkoralik; ilmiylik; ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimliligi va to‘liqligi


Download 1.61 Mb.
bet2/4
Sana15.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1007628
1   2   3   4
Bog'liq
Behruz qonunchilik

oshkoralik;

ilmiylik;

ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimliligi va to‘liqligi;

huquqiy tartibga solishning adekvatligi prinsipi;

ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda barqarorlik.

Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlarning qat'iy iyerarxiyasini ta'minlash, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar vakolatini hisobga olish orqali amalga oshiriladi.

Norma ijodkorligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Norma ijodkorligi faoliyati xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olishga asoslanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Keyingi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik koʻlami kengaydi. Ayniqsa, koʻp qavatli uylar qurilib, aholining eng muhim talabi qondirilmoqda. Xususan, joriy yilda qishloqlarda 12 mingdan ziyod, shaharlarda 18 mingdan ortiq koʻp qavatli turar joy barpo etilmoqda.

Sardoba suv omboridagi hodisadan keyin Sardoba hamda Mirzaobod tumanlarida qisqa muddatda 86 ta besh qavatli uy qurib bitkazildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu tajribadan foydalanib, loyihalarni takomillashtirish, turar joylarni aholi uchun yana-da arzon qilish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq, besh qavatli uylar loyihasi qayta koʻrib chiqilib, xonadonlarning joylashuvi va xonalarning ichki maydoni maqbullashtirildi. Qurilish materiallari loyihaga mos oʻlchamda ishlab chiqariladi, isrof boʻlmaydi. Hovli va yoʻlaklarga sensorli elektr chiroqlari qoʻyiladi. Bu kabi tejamkor choralar natijasida uylarning narxi oʻrtacha 30 foizgacha arzonlashadi.

Prezidentimiz ushbu loyihani maʼqullab, bunday turar joylarni aholi zich joylashgan barcha tumanlarda qurish zarurligini taʼkidladi.

Yana bir loyiha Toshkent davlat texnika universiteti hududida zamonaviy oʻquv-amaliy kompleksi barpo etishga qaratilgan. Dunyo tajribasidan maʼlumki, koʻplab mashhur ilmiy muassasalar universitetlar ichida joylashgan. Rejalashtirilayotgan majmua ham shu hududdagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-oʻqituvchilar uchun shunday markaz boʻlishi koʻzda tutilmoqda. Bu yerda bir paytda 500 ta startap rezidentlari, 120 ta ishlab chiqarish korxonasini joylashtirish mumkin boʻladi. Toshkent shahrida aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari haqida ham maʼlumot berildi. Joriy yil 2-oktyabr kuni Qoraqalpogʻistonga safar chogʻida Nukus shahrini obodonlashtirish, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan edi. Shu maqsadda shaharning istiqboldagi zamonaviy markazini barpo etish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. Unga muvofiq, koʻchalarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish, koʻllar va istirohat bogʻlari tashkil etish, savdo va maishiy xizmatlarni koʻpaytirish nazarda tutilgan. Prezidentimiz ushbu loyihalar bilan tanishib, ularni takomillashtirish boʻyicha qator koʻrsatmalar berdi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling