Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 23.76 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi23.76 Kb.
#1678940
Bog'liq
200 bo\'yicha Nurota ma\'lumot (2)


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022-yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarini 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida tuman qurilish bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi tizimida o‘tkazilgan tekshirish rejasiga asosan Nurota tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limini tekshirish yuzasidan
MA’LUMOT
“____” _________2023-yil
Nurota tumani prokuraturasining 2023-yil 31-martdagi 10.2/14-23-sonli talabnomasi hamda tekshirish rejasiga asosan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarini 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida tuman qurilish bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi tizimida tekshirish belgilangan.
Nurota tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida tekshirish o‘tkazilganda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi
200-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamentiga asosan, bo‘limga arizalar kelib tushmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 2-ilova Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan, bo‘limga 20.04.2022-01.04.2023-yillar holatiga 53 ta murojaat kelib tushgan, shundan 37 tasiga ruxsatnoma berilgan, 16 tasiga esa rad berilgan.
Shunga ko‘ra, 2-bob. Ruxsatnoma talablari va shartlari 10-band Quyidagilar ruxsat berishga doir talab va shartlar hisoblanadi, b) noturar joyni turar joyga o‘tkazishda: Bo‘limga Nurota tumani "Amir Temur" MFYda yashovchi fuqaro Naimov Abdurasul tomonidan 2022 yil 14-iyul sanasidagi 55929804-sonli Nurota tumani “Mirishkor” MFY hududida joylashgan turar-joy obyektining bir qismini noturar-joy toifasiga o’tkazish bo’yicha ariza kelib tushgan. Arizada faqat obyektning ixtisosligini o’zgartirish so’ralgan bo’lsada bo’lim tomonidan ushbu arizaga 15.07.2022 yilda 1712238-62188-sonli “Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun” Ruxsatnomasi berilgan.
Bundan tashqari, "NAVOIY SUV TA'MINOTI" MCHJ tomonidan 25.04.2022 yilda “Nurota tumani "Jarma" MFY aholisini ichimlik suv tarmogʼini hamda mavjud suv inshootlarini rekonstruktsiya qilish” bo’yicha 50893559-sonli ariza yuborilgan. Qarorning 2-ilova, 1-bob, 2-xatboshisiga asosan Ushbu Reglament qoidalari O‘zbekiston Respublikasining maqsadli dasturlariga kiritilgan obyektlar, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar qurilish-montaj ishlariga nisbatan tatbiq etilmasligi hamda ushbu turdagi obyektlar uchun tuman hokimining tegishli qarori chiqarilishi kerak bo’lsada, ushbu arizaga bo’lim tomonidan 27.04.2022 yilda 1712238-48987-sonli ruxsatnoma berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 3-ilova Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti asosan, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 4-ilova Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan, bo‘limga 20.04.2022-01.04.2023-yillar holatiga 14 ta murojaat kelib tushgan, shundan 12 ta arizaga ruxsatnoma berilgan, 2 ta arizaga esa rad javob berilgan. Bular: 1. 72168111-sonli Nurota tumani “Turko” MFY hududidagi fuqaro Po’latov Hamzaga oshxona binosi qurilishi taklif loyihasi, 2. 76894228-sonli G’ozg’on Shahar hududidan oziq-ovqat sanoati binosi qurilishi taklif loyihasi.
Qarorning 4-ilova, 1-bob, 7-bo’lim, 3-xatboshisiga asosan tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan — ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlar bo‘yicha xulosa berilishi belgilab qo’yilgan bo’lib, ushbu 1 ta ariza 300 metr kubdan ortiq bo’lganligi hamda bo’lim vakolatiga kirmaganligi sababli rad etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 6-ilova Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan bo‘limga 20.04.2022-01.04.2023-yillar holatiga 151 ta murojaat kelib tushgan, shundan 138 tasiga ruxsatnoma berilgan, 13 tasiga esa rad javob berilgan.
Qarorning 6-ilova, 2-bob, 19-bo’lim, 19-xatboshisiga asosan Rad etish xulosa beruvchilar tomonidan shaharsozlik hujjati nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisi orqali asoslangan bo‘lishi talab etilgan bo’lsada, quyidagi 2 ta arizani rad etishda ushbu talablarga rioya etilmagan.
Xususan:
Tumandagi “E.Sudur” MFYda yashovchi fuqaro Qahhorov Mavlon Umarovichning 52786008-sonli arizasiga asosan tuman qurilish boʼlimi tomonidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan turar-joy binosi joyiga chiqib oʼrganilganda, ushbu bino-inshoot toʼliq qurib bitkazilmaganligi sababli qaror bandlari koʼrsatilmagan holda arizaga rad javob berilgan. Xuddi shunday tumandagi “Nurfaxr” MFYda yashovchi fuqaro Odilov Zoxidjon Odilovichning 53132729-sonli arizasiga asosan tuman qurilish boʼlimi tomonidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan turar-joy binosi joyiga chiqib oʼrganilganda, ushbu bino-inshootning ustidan yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʼi oʼtganligi sababli qaror bandlari koʼrsatilmagan holda arizaga rad javob berilgan.
Bundan tashqari Qarorning 6-ilova, 2-bob, 19-bo’lim, 4-xatboshisiga asosan foydalanishga topshirilayotgan bino-inshootlar kelishilgan loyiha smeta hamda shaharsozlik hujjatlari asosida qurilishi talab etilgan bo’lsada quyidagi arizalarni rad etishda ushbu talablarga rioya etilmagan, yani loyiha smeta hujjatlari kelishilmagan holda foydalanishga ruxsat berilgan.
Jumladan:
Tumandagi “Yangihayot” MFY hududidagi “Boʼron Doʼlob” fermer xoʼjaligiga qarashgi 2022 yil 9-iyundagi 53674451-sonli qurilishi tugallangan Omborxona bino-inshootlariga loyiha smeta hujjatlari kelishilmasdan ruxsatnoma berilgan. Xuddi shunday holat Tumandagi “Saydato” MFY hududida yashovchi fuqaro Bozorov SHeraliga qarashgi bino-inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo’yicha 2022 yil 22-iyundagi 54458556-sonli arizada ham takrorlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 7-ilova Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan bo‘limga 20.04.2022-01.04.2023-yillar holatiga 4 ta murojaat kelib tushgan, shundan 1 ta arizaga ruxsatnoma berilgan, 3 ta ariza esa murojaatchi tomondan rad etilgan.


Davlat kadastrlar palatasi Nurota
tuman filiali rahbari E.Ro’zimurodov


Nurota tumani qurilish va uy-joy
kommunal xo‘jaligi bo‘limi
boshlig‘I J.Axmatkulov
Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling