Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 0.52 Mb.
|
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Reja: Kirish
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi, tavsifi va baholanishi Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va analitik hisobi Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Qurilish tashkilotlarida, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar singari, hisob jarayonining yakuniy bosqichi bo’lib moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hisoblanadi. Ushbu hisobotlar respublikamizda milliy valyutada ming so’m birligida tuziladi. Buxgalteriya hisobi to’g’risida qonun (16-modda)ga muvofiq qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti o’z ichiga quyidagilarni oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot; asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot; pul oqimlari to’g’risida hisobot; xususiy kapital to’g’risida hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Kichik biznes sub’ektlari hisoblangan qurilish tashkilotlariga moliyaviy hisobotni ixchamlashtirilgan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. Ushbu ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o’z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot hamda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni oladi. Qurilish tashkilotlarida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlaridagidek hisobot davri bo’lib taqvim yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. Taqvim yilining 1 oktyabridan keyin davlat ro’yxatidan o’tgan qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili bo’lib davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan kelgusi yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. Ushbu davrda yuz bergan xo’jalik jarayonlari birinchi hisobot yiliga doir, deb tan olinadi va mos ravishda shu davrning moliyaviy hisobotiga kiritiladi. Qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilarga majburiy tarzda taqdim etiladi: soliq idoralariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga bog’liq. Chunonchi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari faqat yillik yillik moliyaviy hisobotni tuzadilar va uni keyingi yilning 25 martigacha taqdim etadilar. Aksiyadorlik jamiyati, ma’suliyati cheklangan jamiyat va xususiy korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari yillik moliyaviy hisobotni keyingi yilning 15 fevraligacha taqdim etishlari lozim. Kichik biznes sub’ektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari moliyaviy hisobotni faqat hisobot yili yakuni bo’yicha taqdim etadilar. Ushbu maqomga ega bo’lmagan boshqa turdagi tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik hisobotdan tashqari choraklik hisobotlarni ham tuzishlari va ularni choraklikdan keyingi oyning 25 sanasigacha tegishli organlarga taqdim etishlari kerak. Qurilish tashkilotlari ularning maqomi va tashkiliy shakllariga qarab moliyaviy hisobotdan tashqari turli statistika hisobotlarini ham tuzadilar. Chunonchi, kichik biznes sub’ektlari hisoblangan qurilish tashkilotlari har chorakda 1-MB shaklda «Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti»ni tuzishlari va statistika organlariga taqdim etishlari lozim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling