Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Asosiy vosita boshlang‘ich qiymatining hisob-kitobi


Download 1.4 Mb.
bet11/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Asosiy vosita boshlang‘ich qiymatining hisob-kitobi
Nomi- beton qorish mashinasi

T/r

Hujjat

Operatsiya mazmuni

Summa

Korr. schotlar

.Ns

Sana

Dt

Kt




1.

2

05.01.07

Minsk zavodi. mashina qiymati

18 000 000

0820

6010




2.

36

15.01.07

Bojxona tolovlari

4 200 000

0820

6990




3.

6

15.01.07

A. Xaydarovning avans hisoboti

800 000

0820

6970




4.

41

15.01.07

«Rauf» brokerlik kontorasi

200 000

0820

6990




5.

25

15.01.07

Samarqand temir yol uzeli

600 000

0820

6990




6.

12

15.01.07

Avtoyol

1 200 000

0820

6990




7.

26

15.01.07

Samarqand DAN

50 000

0820

6990













Jami

25 050 000

0130

0820






Bosh hisobchi
Ushbu hisob-kitob sotib olingan asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kirim qilinishiga, ular bo‘yicha inventar kartochkalarni yuritishga, shuningdek mehnat qurollari va vositalarini joriy hisob registrlari hamda hisobotlarda aks ettirishga asos bo‘ladi.

  1. Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakatining hisobi

Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar singari asosiy vositalarning sintetik va tahliliy hisobini respublikamizning qonunlari va qonunosti hujjatlari asosida olib borishlari lozim.
21 -son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalar hisobi schotlari» tizimida ochiladigan schotlarda olib boriladi.
0110 «Yer» schotida qurilish tashkilotlari ixtiyoriga qonun hujjatlariga muvofiq mulk sifatida berilgan yer uchastkalari aks ettiriladi.
0120 «Binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari» schotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:

  • binolar - bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (tsexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi obyektlar). Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta‘minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.

  • inshootlar-ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shoxobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari va sig‘imlari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.

  • uzatish qurilmalari - elektr liniyalar, gaz, suv, bug’ o'tkazuvchi quvurlar va boshqalar.

0130 «Mashina va uskunalar» schotida yerga mustahkam o‘rnatiladigan va relsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozyerlar, beton qorish mashinalari, transportyerlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash, arralash, randalash, temir-tersaklarni kesish, ulash, bo‘yoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalarning hisobi olib boriladi.
0140 «Mebel va ofis jihozlari» schotida shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 «Kompyutyer uskunasi va hisoblash texnikasi» schotida kompyutyerlar va ularga o‘matiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner, modem va boshqalar)ning hisobi olib boriladi.
0160 «Transport vositalari» schotida yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning tahliliy hisobi 13-jurnal-orderda, shuningdek har bir inventar obyektning kodi (tartib raqami) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vositalar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, bepul olinishi, ta‘sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ularning boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
Kapital investitsiyalar - bu qurilish tashkilotlarining yangi obyektlarni qurishga, eski obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va Modernizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi. Xalqaro standartlarda va 0‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu xarakterdagi xarajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan xarajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar xarakterigako‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablagiardir.
Qurilish tashkilotlari o‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalarni ikki usulda amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilisb>, 0820 «Asosiy vositalarni sotib olisb>, 0890 «Boshqa kapital qo’yilmalar» schotlarida olib boriladi.
0810 «Tugallanmagan qurilish» schotining debetida qurilish tashkilotlari tomonidan sarflangan kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schotning qoldig‘i debet tomonida bo‘lib, u tugallanmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan kapital qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi.
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schotining debetida ta‘minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni tashib keltirish, o’rnatish, montaj qilish va boshqa xarajatlar aks ettiriladi, kreditida esa schotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalarning boshlang‘ ich qiymatiga kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit aylanmalari summalari teng bo’lganligi uchun bu schot saldoga ega bo‘lmaydi.
0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schotidayuqoridagi schotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalarjumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruksiya vaModernizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi. Bu xarakterdagi qo’yilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya va Modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va j ismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling