Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet8/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. — Т.: 0‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov l.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy—huquqiy ro'znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil.

  3. 0‘zbekiston Respublikasining qonuni «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashtirish to‘g‘risida», 2000-yil 25-may (keyingi o‘zgartirish va qo'shimchalar bilan).

  4. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Kapital qurilishda xo'jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 2003 - yil 12 - sentyabr, 395-son.

  5. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 24-sentyabr, 4095-son.

  6. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos. 0‘z.R. AVtomonidan 1998-yil 14-avgustda ro'yxatga olingan, № 475.

  7. BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 0‘zR AV tomonidan 1998-yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.

  8. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti», 2004.

  9. Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.

2-bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

  1. Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi

Qurilish ishlarim turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib boimaydi. Chunonchi, yerosti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina va mexanizmlar kerak boMadi. Bundan tashqari, qurilishgakerakli bo'lgan ko‘p miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonehalariga o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta‘minot, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarning bajarilishini ta‘minlovchi binolar, inshootlar, transport va boshqa mehnat vositalariga ega bo‘lishlikni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati, ulardan samarali foydalanish, mehnat qurollari va vositalarining eskirishi va yangilanishi ustidan uzluksiz nazoratni o’rnatish, shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi obyekti sifatida turlicha tasniflash mumkin (2.1 -jadval).

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling