Ishchi hayvonlarni saqlash xarajatlari ularni qaysi tarmoqda foydalanilganlik vaqtiga, bajargan ishlari miqdoriga qarab taqsimlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari - qishloq xo‘jalik tarmoqlari va sohalariga umumiy holda tegishli bo‘lgan hamda u yoki bu mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘ lmaydigan, balki ularning tannarxiga bilvosita, ya’ni taqsimlash yo‘li bilan olib boriladigan xarajatlar.
Mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari - dehqonchilik va chorvachilik sohasida mehnat himoyasi va texnika xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga sarflangan xarajatlar.
Dala shiyponlarini saqlash va ishchilarni ovqatlantirish xarajatlari - dehqonchilik tarmog‘iga mo‘ljallangan dalalardajoylashgan shiyponlar, palatkalar, vaqtinchalik notitul inshoatlarni saqlash, ulardagi asosiy vositalarga qilingan amortizatsiya ajratmalari, joriy va kapital ta’mirlash, ishchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash xarajatlari.
Boshqa umumishlab chiqarish xarajatlari - umumxo‘jalik maqsadidagi asosiy vositalarni ijaraga olish, ularni sug‘urta qilish, o‘simliklar va mollarni karantin qilish va boshqa umumishlab chiqarishga doir tadbirlarga sarflangan xarajatlar.
Nazorat qilish uchun testsavol- javoblari 1. Yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari -bu:
asosiy xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar;
mustaqil xo‘jaliklar;
v) alohida tarmoqlar;
g) hammasi to‘g‘ri.
Ishchi hayvonlarni saqlash xarajatlari qaysi yozuvda to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
Debet 2010 Kredit 1010,6710, 6520, 0200
Debet 2310 Kredit 1010, 6710, 6520, 6990, 0200 v) Debet 2510 Kredit 1010,6710,6520, 6990, 0200 g) Debet 2710 Kredit 1010; 6710, 6520, 6990, 0200
Do'stlaringiz bilan baham: |