Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR. AV tomonidan 1998-yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474


Download 1.4 Mb.
bet138/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR. AV tomonidan 1998-yil 14-avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.

  • BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». 0‘zR. AV tomonidan 1998-yil 28- avgustda ro‘yxatga olingan, № 486.

  • Do‘stmurodov R., Masharipov O. Fermer xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish. 0‘quv qo‘llanma— Toshkent, 2007,- 94 b.

    1. bob. QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR KC)‘RSATKICHLARI, SOLIQ­LAR, MAJBURIY AJRATMALAR VATO‘LOVLAR HISOBI

      1. Qishloq \o‘jaligi korxonalarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari va ularning hisobi

    Sotishdan olingan daromad hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlar turli yo‘liar bilan sotiladi. Chunonchi, paxtatoiiq davlat buyurtmasi asosida davlatga tasdiqlangan sotish baholarida sotiladi. Yyetishtirilgan g‘allaning 50 foizi davlatga tasdiqlangan sotish baholarida, qolgan qismi esa erkin kelishuv baholarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga sotiladi. Davlat buyurtmasi ro‘yxatiga kirtilmagan barcha boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zga yuridik shaxslarga tuzilgan shartnomalar asosida kelishuv narxlarida, shuningdek bozorlarda ahoiiga bozor baholarida sotiladi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlarini o‘z xodimlariga mehnat haqi uchun natural to‘ lov sifatida ham berishlari, ularni boshqa yuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida kiritishlari hamda bepul xayriya etishlari ham mumkin.
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat buyurtmasi, shuningdek o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida sotish turli tayyorlov va qayta ishlovchi korxonalar, masalan, paxtani qabul qi lish va qayta ishlash zavodlari, don mahsulotlari kombinatlari, jun zavodlari, yog‘-moy kombinatlari va boshqa shu kabi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlat buyurtmasini bajaruvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa sotib oluvchi yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi korxonalariga shartnomada ko‘rsatilgan dastlabki to‘lovni amalga oshiradilar. Bunday to‘lovlarga qishloq xo‘jaligi korxonalarida quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi: Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
    Kredit 6310 «Olingan bo‘naklar».
    Tayyorlov va qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish schot-fakturalar va ularga ilovaqilinadigan qabul qilish- topshirish dalolatnomalari, tovar-transport nakladnoylari va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan daromadga quyidagicha buxgalteriya hisobi beriladi:
    Debet 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar»;
    Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
    Shundan so‘ng, dastlab, xaridorlardan olingan bo'naklar summasi yopiladi va unga quyidagi yozuv beriladi:
    Debet 6310 «Olingan bo‘naklar»;
    Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
    Xaridorlardan oxirgi hisob-kitoblar bo'yicha qarzlarning kelib tushishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
    Debet 5 i 10 «Hisob-kitob schoti»;
    Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarda aholiga sotish, odatda, biriktirilgan moddiy javobgar mas’ul shaxslar (masalan, ombormudirlari) tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu moddiy javobgar shaxslar tomonidan bozorlarda aholiga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini naqd pulga sotishdan olingan daromad kassaga kirim qilinadi. Kassa kirim orderi asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini naqd sotishdan olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
    Debet 5010 «Kassadagi pul mablag'lari»;
    Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z xodimlariga mehnat haqi uchun to‘lash sotishdan olingan daromad hisoblanadi va unga quyidagicha yozuv qilinadi:
    Debet 6710 «Mehnat haqi bo'yicha qarz»;
    Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
    Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini boshqa yuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida kiritilishiga ta’sis shartnomalari va schot-fakturalar asosida quyidagi yozuv qilinadi:
    Debet 0600 «Moliyaviy investisiyalar»;
    Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
    Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini boshqa yuridik shaxslarga bepul xayriya sifatida berilishiga tuzilgan shartnomalar hamda schot-fakturalar asosida quyidagi yozuvlar qilinadi:


    1. Download 1.4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   305




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling