Debet 8710 «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)»;
Kredit 9910 «Moliyaviy natija»
Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi qishloq xo'jaligi korxonasi paychilari yig'ilishi qarorigaasosan ular o'rtasida taqsimlanishi, shuningdek o'tgan yillarning foydasi tarkibidakorxonadaqoldirilishi mumkin. Ushbu xo'jalik operatsiyalari hisobda quyidagicha aks ettiriladi.
hisobot yilining taqsimlanmagan foydasini paychilar о ‘rtasida taqsimlanishiga:
Debet 8710 «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)»;
Kredit 6610 «Ta'sischilarga dividendlar bo'yicha qarz».
hisobot yilining taqsimlanmagan foydasini о ‘tgan yillar foydasiga kiritil ishiga:
Debet 8710 «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)»;
Kredit 8720 «O'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi (zarari)».
Hisobot yilining jami zarari o'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi, shuningdek rezerv kapitali evaziga qoplanishi mumkin: Ushbu xo'jalik operatsiyalari hisobda quyidagicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |