Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar


Download 1.4 Mb.
bet150/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar deganda 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar» schotda aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlarning to' liq ro'yxati Soliq kodeksidaning 146- moddasida keltirilgan. Ushbu xarajatlar ham foyda solig'i hisob-kitobining alohida satrida ko'rsatiladi.
Soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2-ilovaga muvofiq o'tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekin keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan qishloq xo'jaligi korxonalari soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlarni Soliq kodeksi vaNizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning summasini foyda solig'i hisob- kitobining alohida satrida ko'rsatishlari lozim.
Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to'lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o'rnatishga mo'Ijallangan jihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda qishloq xo'jaligi korxonasiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag'lari qat’i belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10 foizlik dividend soligiga tortilishi munosabati bilan foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda soligi hisob-kitobining alohida satrida ko'rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘iniundirilganligito‘g‘risida ma’lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarningma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling