Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatida soliqqa tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan xarajatlar, soliqdan ozod etilgan foydaning turlari hamda imtiyoz me’yorlari Soliq kodeksida (158,159-moddalar) ochib berilgan.
Foyda solig‘i (Nf) summasi qishloq xo‘jaligi korxonasining soliqqa tortiladigan foydasi summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lishyo‘li bilan topiladi, ya’ni:
Nf = Stf *Sm : 100%
Hisob-kitob asosida hisoblangan foyda solig‘i summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9810 «Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlarbo‘yicha qarz».
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini Budjetga daromad (foyda) solig‘i bo‘yichaqarzlariningtoianishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6410 «Budjetga to‘lovlar bo'yicha qarz»;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida majburiy ajratmalar va to‘lovlarning hisobi
Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qishloqxo‘jaligi korxonalari soliq to‘lo\iaridan tashqari davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlariga quyidagi ajratmalar, to’lovlar vaushlanmalarni amalga oshiradilar(152-jadval).
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning hisob-kitoblari tasdiqlangan shakllarda tuziladi va belgilangan muddatlarda davlat soliq idoralariga taqdim etiladi. Ushbu hisob-kitob ma’lumotlari davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bo‘ ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |