Yoqilg‘i tarqatish qaydnomasi - haydovchilarga yoqilg‘ini ATVlar yordamida ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadidayo‘l varaqalarida dispetcher tomonidan ko‘rsatilgan miqdordaberishni rasmiylashtiruvchi hujjat
Limit-zabor varag‘i - ATVlar yordamida ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadida yo‘l varaqalarida dispetcher tomonidan ko‘rsatilgan miqdordayoqilg‘i hisobot davrining ma’lum kunlari mobaynida berilishini rasmiylashtiruvchi hujjat.
0‘matish dalolatnomasi - ehtiyot qismlarning ATVlarga qo‘yilishida tuziladigan hujjat.
Akkumulyator ish faoliyati hisobi kartochkasi - ATVlarga o‘matilgan yangi akkumulyatorlar ish faoliyatini nazorat qilish maqsadida yuritiladigan reestr bo‘lib, unda yangi akkumulyatomingmarkasi, modeli, kafolatli xizmat muddati me’yori, o‘matilgan ATVning davlat belgisi raqami, haydovchining familiyasi, ismi-sharifi, ularni o’rnatish sanasi, shuningdek, hisobot davrlari bo‘yicha akkumulyatorlar tomonidan bajarilgan ish (tashilgan yuk hajmi, ishlagan oylar soni, bosib o‘tilgan yo‘l), ularni hisobdan chiqarish sanasi va sabablari aks ettiriladi.
Avtoshinalar ish faoliyati kartochkasi - ATVlargao‘matilganyangi avtoshinalar ish faoliyatini nazorat qilish maqsadida yuritiladigan reestr bo‘lib, unda yangi avtoshinaning markasi, modeli, kafolatli xizmat muddati me’yori, o‘matilgan ATVning davlat belgisi raqami, haydovchining familiyasi, ismi-sharifi, ularni o’rnatish sanasi, shuningdek, hisobot davrlari bo‘yichaavtoshina tomonidan bajarilgan ish (bosib o‘tilganyo‘l), ularni hisobdan chiqarish sanasi va sabablari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |