Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Ehtiyot qismlar harakatini schotlarda aks ettirish


Download 1.4 Mb.
bet189/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Ehtiyot qismlar harakatini schotlarda aks ettirish



Operatsiyaning mazmuni

Summa

Debet
schot

Kredit
schot

Asos
boMuvchi
hujjat

I.

QQS to1 lovchi avtotransport korxonalarida ehtiyot qismlar ta'minotchilardan kirim qilinganda: -sotib olish qiymatiga (QQSsiz) -QQS summasiga

1000000
200000

1040
4410

6010
6010

Shartnoma,
schot-faktura

2.

Yagona soliq to‘lovchi avto-korxonalarda ehtiyot qismlarning ta'minotchilardan kirim qilinishiua (QQS bilan birga)

1200000

1040

6010

Shartnoma.
schot-faktura

3.

Shaharyo'lovchi transporti uchun ishlatilgan ehtiyot qismlar bo'yicha ta’miontchilarga toMangan QQS summasining ular tannarxiga kiritilishiiia

200000

1040

4410

Dalolatnoma va buxgalteriya hisob-kitobi

4.

Ehtiyot qismlarning bepul kelib tushishi^a

300000

1040

8530

Shartnoma.
schot-faktura

5.

Ehtiyot qismlarning ta'sischilar tomonidan ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishiga

600000

1040

4610

Shartnoma,
schot-faktura

6.

Yo'lovchi tashish avtotransporti haydovchilari tomonidan yo*l haqi evaziga sotib olingan va omborga kirim qilingan ehtiyot qismlar summasiga

50000

1040

9030

NKM cheki, Kvitansiya

7.

ATV haydovchilari tomonidan berilgan bo'nak hisobidan sotib olingan va omborga kirim qilingan ehtiyot qismlar summasiga

30000

1040

4230

Kvitansiya, NKM cheki, schot-faktura

8.

ATV haydovchilari tomonidan o'z hisobidan sotib olingan va omborga topshirilgan ehtiyot qismlar summasiga

35000

1040

6990

Kvitansiya, NKM cheki, schot-faktura

9.

Ehtiyot qismlarni ustaxona, sexlar va boshqa yordamchi xo'jaliklarga berilishiga (ichki almashuv)

1500000

1040

1040

Talabnoma, limit-zabor varag' i, nakladnoy

10.

Ehtiyot qismlarning zarur hollarda sotilishiga:
-sotish qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga -tannarxiga

400000
80000
400000

4010
4010
9220

9220
6410
1040

Shartnoma.
schot-faktura

11.

Ehtiyot qismlarning bepul berilishiga: -berish qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga -tannarxiga -zarar summasiga

400000
80000
400000
480000

4010
4010
9220
9430

9220
6410
1040
4010

Shartnoma,
schot-faktura

12.

Ehtiyot qismlarning ta'sis badali sifatida kiritilishiga:
-kelishuv qiymatiga (QQSsiz)
-QQS summasiga -tannarxiga

400000
80000
400000

0600
0600
9220

9220
6410
1040

Shartnoma,
schot-faktura



Avtotransport korxonalarida ayrim ehtiyot qismlar ATVlarga o‘matilganda birdaniga emas. balki bir maromda ularning foydali xizmat muddati mobaynida hisobdan chiqarib boriladi. Bu, chunonchi, akkumulyatorlar va avtoshinalarga tegishlidir. Ushbu ehtiyot qismlar ATVlarga o’rnatish uchun ombordan berilganda ombor mudiri javobgarligidan soqit qilinadi. Bir vaqtning o‘zida ular uchun moddiy javobgarlik foydali xizmat muddati tugaguncha haydovchilar zimmasiga o'tkaziladi.
Buxgalteriyada ATVlarga o‘matilgan yangi akkumulyatorlar va avtoshinalar ish faoliyatini nazorat qilish maqsadida mos ravishda «Akkumulyator ish faoliyati hisobi kartochkasi» va «Avtoshinalar ish faoliyati hisobi kartochkasi» ochiladi. Ushbu kartochkalardayangi akkumulyator va avtoshinalarning markasi, modeli, kafolatli xizmat muddati me‘yori, o‘matilgan ATVning davlat belgisi raqami, haydovchining familiyasi, ismi- sharifi, ularni o‘rnatish sanasi ko‘rsatiladi. Shuningdek, uning alohida ustunlarida hisobot davrlari bo‘yicha akkumulyator va avtoshinalar tomonidan bajarilgan ish (tashilgan yuk hajmi, ishlagan oylar soni, bosib o‘tilgan yo'l), ularni hisobdan chiqarish sanasi va sabablari aks ettiriladi. Akkumulyatorlar va avtoshinalarning foydali xizmat muddatini o‘taganda va yaroqsiz holga kelganda ular ATVdan yechib olinadi hamda omborga metallolom sifatida kirim qilinadi. Bunda, mos ravishda, ularga ochilgan hisob kartochkalari ham yopiladi.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» asosida 0‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan ishlab chiqilgan shu nomdagi tarmoq nizomiga muvofiq ATVlarga o‘rnatilgan yangi akkumulyator va avtoshinalar hisobi 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schotida yuritiladi. Chunonchi, ATVlarga o‘rnatilgan akkumulyatorlar va avtosliinalar qiymatiga «0‘matish dalolatnomasi»ga muvofiq buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari»;
Kredit 1040 «Ehtiyot qismlar».
Akkumulyatorlar va avtoshinalarning qiymati ular ATVlarga o‘matilgan kundan boshlab foyda! i xizmat muddati mobaynida bir maromda baj arilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga maxsus hisob-kitoblar asosida kiritib

boriladi. Ushbu hisob-kitoblarni tuzish hamda ular asosida o‘rnatilgan akkumulyatorlar vaavtoshinalar qiymatini hisobdan chiqarib borish tartibiga keyingi bobda alohida to'xtalarniz.

  1. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasining xususiyatlari

Avtotransport korxonalarida yoqilg' i, moylash materiallari, ehtiyot qismlar vaboshqa ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasini o'tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish respublikamizning 19-son BHMS «Inventarizatsiyani taslikil qilish va o‘tkazish»da keltirilgan tartiblarga mos ravishda ushbu aktivlarning transportirovka qilinishi, saqlanishi, ishlatilishi hamda boshqa jihatlaridagi xususiyatlari e’tiborga olingan tarzda amalga oshirilishi lozim. Chunonchi, inventarizatsiya boshlanishi oldidan, moddiy javobgar shaxslar o‘zlarining javobgarligidagi ishlabchiqarishzaxiralarining holati va harakati to‘g‘risida hisobot berishlari, ushbu hisobotga barcha boshlang‘ich hujjatlarningkiritilganligi, qayta sanoqo'tkazilishigac'tiraziyo'qligiuyg'risidatilxatberadilar.
Inventarizatsiyani belgilangan muddatlardao‘tkazilishini ta’minlash uchun turli tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Chunonchi, omborlarda saqlanayotgan ehtiyot qismlar dastlab yangi ehtiyot qismlar, oldin foydalanishda bo‘lgan yaroqli ehtiyot qismlar hamda yaroqsiz ehtiyot qismlarga ajratiladi. Nomi, markasi vamodeli bir xil bo’lgan, lekin bahosi turlicha bo‘lganyangi ehtiyot qismlar alohida saralanadi. Sanoq ishlarini osonlashtirish maqsadida inventarizatsiya varaqasida gunihlarga ajratilgan ehtiyot qismlarning nomlari va ombor hisobi bo‘yicha miqdori oldindan qo‘yibchiqiladi. Shundan so‘ng, har bir guruh bo‘yicha ombordagi ehtiyot qismlarning mavjud miqdori sanash, o‘lchash, tortish va shu kabi boshqa usullar asosida aniqlanadi hamda inventarizatsiya varaqasining tegishli ustunchasiga yoziladi.
Katta sig‘imli sisterna va bochkalarda saqlanayotgan yoqilg‘i va moylash materiallarining haqiqiy miqdorini topish uchun inventarizatsiya komissiyasi maxsus o‘lchov asboblaridan, chunonchi, temir lineykalar, indikatorlardan foydalanadi. Temir lineyka yoki indikatorlar yordamida, dastlab, sistema (bochka)ning yoqilg4i va moylash materiallarining haqiqatda band bo‘lgan balandligi tegishli o‘lchov birliklarida (masalan, metrda, desimetrda, santimetrda) aniqlanadi. Shundan so‘ng, har bir sistema va bochka bo‘yicha ularning topilgan balandlik o‘lchamiga mos keluvchi yoqilg‘ ining miqdori maxsus tasdiqlangan shkala (j adval) asosida topiladi.
Misol uchun, hajmi 16 kub metrlik (4x2x2) sistemaga 13120 litr solyarka ketishi belgilangan, deylik. Demak, 1 kub metrga 820 litr solyarka to‘g‘ri keladi. Inventarizatsiyadasistemaningyoqilgl bilan band bo’lgan balandligi 1,25 metr ekanligi aniqlandi. U holda tasdiqlangan shkalagako‘ra ushbu sistemadagi yoqilg1 ining miqdori 8200 litmi (4m * 2m * 1,25m * 8201) tashkil qiladi.
Inventarizatsiya varaqasi o‘tkazilayotgan Inventarizatsiyaning turiga hamda maqsadiga ko‘ra turli nusxada rasmiylashtiriladi. Chunonchi, moddiy javobgar shaxslar almashayotganda inventarizatsiya varaqasi uchta nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi buxgateriyagatopshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiyjavobgarlikni oluvchi shaxsda, uchinchi nusxasi esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan shaxsda qoladi.
Avtotransport korxonasi buxgalteriyasida komissiya tomonidan taqdim etilgan inventarizatsiya varaqasi asosida «Taqqoslama qaydnoma» tuziladi. Ushbu qaydnomaga faqat chetlanishlar (ortiqchalar yoki kamomadlar) mavjud bo’lgan ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarining inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalari avtotransport korxonasi rahbarining qaroriga asosan boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi. Buxgalteriyada aniqlangan ortiqchalar summasiga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (yoqilg4i, ehtiyot qismlar va boshqa materiallarni aks ettiruvchi tegishli schotlar); Kredit 9390 «Boshqa operasion daromadlar».
Inventarizatsiya natijasida ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha kamomadlar, shuningdek ularning yaroqsiz holga kelganligi aniqlanganda quyidagi tartiblarga amal qilish lozim.
Birinchidan, yoqilg'i hamda moylash materiallari bo‘yicha ularning saqlash va ATVlarga quyishdagi tabiiy kamayishi (buglanishi, to‘kilishi) belgilangan me’yorlar asosida hisobdan chiqariladi.
Ikkinchidan, me’yordagi tabiiy kamayishlar miqdoridan ortiq bo‘lgan yoqilg4 i va moylash materiallari miqdori kamomad sifatida tan olinadi.
Uchinchidan, moddiy javobgar shaxslar aybi bilan zanglagan, singan va boshqa sabablarga ko4rayaroqsiz holatga kelgan ehtiyot qismlar ularga yetkazilgan zarardan hosil bo'lgan yo4qotishlar sifatida e’tirof etiladi.
To‘rtinchidan, nomi, markasi, modeli bir xil bo'lgan, lekin kirim qiymati turlicha bo’lgan ehtiyot qismlar bo'yicha aniqlangan kamomad va oitiqchalarni o‘zaro bir-biri bilan qoplashga rahbaming ijozati bilan ruxsat etiladi.

Ishlab chiqarish zaxiralarining belgilangan me’yorlardagi tabiiy kamayishi ularning kirim qiymati bo‘yicha avtotransport korxonalarining xarajatlariga kiritiladi. Buxgalteriyada tabiiy kamayish summasiga quyidagi yozuvlarqilinadi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling