Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining tasnifi va tavsifi
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish turiga ko‘ra
- Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining tasnifi va tavsifi
Avtotransport korxonalarida ATVlar yordamida yuk tashish yoki yo‘lovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larga ketgan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari sifatida tan olinadi. Ushbu xarajatlar bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)larning tannarxini tashkil etadi. Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Ishlab chiqarish turiga ko‘ra avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlari asosiy, yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlariga boiinadi. Avtotransport korxonalarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ATVlar yordamida yuk tashish yoki yo‘lovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) uchun ketgan sarf-xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotida olib boriladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga avtotransport korxonalarining ta’mirlash ustaxonalari, turli agregatlar va moslamalarni yasash sexlari, ATVlarni yuvish kompleksi, dispetcherlik bo’limi, garaj, AYOQSH va boshqa yordamchi xo ‘j aliklarga ketgan xaraj atlar kiradi. Bu xarajatlarning hisobi 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotida yuritiladi. Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik xarajatlari bo’lib ularni gaz, suv, elektr quvvati vapar bilan ta’minlash, ATVlarni qo‘riqlash, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo’linmalarining xarajatlari hisoblanadi. Bunday xarajatlar hisobi 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida olib boriladi. Barcha ishlab chiqarish xarajatlari ularningtannarxgakiritilishusuliga ko‘ra bevosita va bilvosita xarajatlarga boiinadi. Bevosita xarajatlarga yuk tashish yoki yoiovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ко‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga to‘ g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar kiradi. Bunday xarajatlarga, chunonchi, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)ga bevosita sarflangan yoqilg‘i, ATVlar haydovchilariga hisoblangan mehnat haqi va boshqalar misol boiadi. Bilvosita xarajatlar deganda yuk tashish yoki yoiovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga maxsus hisob-kitoblar asosida taqsimlash yo'li bilan kiritiladigan xarajatlar tushuniladi. Odatda, aksariyat yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish xarajatlari biivosita xarajat hisoblanadi. Avtotransport korxonalarida ayrim ishlab chiqarish xarajatlari yuk tashish yoki yo‘lovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar hajmining o‘zgarishiga qarab mos ravishda o‘zgaradi, ularning ayrimlari esa o‘zgarishsiz qoladi. 0‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlariga yoqilg‘i - moylash materiallari, ehtiyot qismlar, hisoblangan ishbay mehnat haqi va boshqa xarajatlar kiradi. 0‘zgarmas xarajatlarga, misol uchun, qat'i summadabelgilangan ijara to‘lovlari, maoshlar, majburiy ajratmalar, bir xil maromda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan hisoblanadigan amortizatsiya (eskirish) summasi va boshqalar misol bo‘ladi. Avtotransport korxonalarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardagi kabi, ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy moddalari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga asosan tartibga solinadi. Ushbu Nizomga muvofiq avtotransport korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy moddalari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra beshta guruhga bo‘linadi. Bular: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling