010-satr «Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgan sof tushum»da ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Bu satmi to‘ldirishga asos bo‘ lib ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan 9030 schotning kredit aylanmasi summasi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich hisobotning «Daromadlar» ustunchasida ko‘rsatiladi.
020-satr «Sotilgan mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larning tannarxb>da ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larning sotish tannarxi aks ettiriladi. Bu satmi to‘ldirishga asos bo‘lib ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxi hisobi uchun mo‘ljallangan 9130 schotning debet aylanmasi summasi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida ko‘rsatiladi.
030-satr «Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)Iarni sotishning yalpi foydasi (zarari)da hisobotning 010 va 020-satrlarida ko‘rsatilgan summalarning farqi yoziladi. Bunda. ijobiy farq ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan foydani ko'rsatadi vau «Daromadlar» ustunchasiga yoziladi. Salbiy farq esa ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan ko‘rilgan zarami ifodalaydi vau liisobotning «Xarajatlar» ustunchasiga yoziladi.
040-satr «Davr xarajatlari, jami»da avtotransport korxonasi davr xarajatlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi. Bu satrda ko‘rsatilgan summa mos ravishda 050-satr «Sotish xarajatlari», 060-satr «Ma’muriy- boshqaruv xarajatlari», 070-satr «Boshqa operasion xarajatlan> va 080- satr «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari»dako‘rsatilgan summalarning yig‘indisiga teng bo'lishi lozim. Hisobotning 050-080-satrlarini to'ldirishga davr xarajatlarini alohida turlari hisobi uchun mo‘ljallangan mos ravishdagi 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» 9440 «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schotlarning debet aylanmasi summalari asos bo‘ladi. Davr xarajatlari summalari hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |