Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet229/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

QQS hisob-kitobi va hisobi
Avtotransport korxonalari ATV yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar, mulkni ijaraga berish, ularni sotish, bepul berish va boshqa sotish operatsiyalari bo‘yichaQQS to’lovchi hisoblanadi. 2008-yil 1- yanvardan kuchga kirgan yangi Soliq kodeksiga muvofiq (208-modda) QQSdan shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘na!ishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari ozod qilingan. Bunda shahar yo‘lovchilartraiisportining xizmatlari jumlasigayo‘lovchilartashish bo‘yicha avtomobil vaelektr transporti bilan shahar doirasida muayyan yo‘na!ishlar bo‘yicha qatnov jadvaliga binoan ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi. Soliq kodeksi ushbu moddasida belgilangan qoidalar umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchilar tashish

transporti yoki temir yoi va avtomobil transportidaxodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish bo‘yicha xizmatlarga, yuridik va j ismoniy shaxslar buyurtmalari asosida shahar atrofida tadbirlar o‘tkazish uchun tashish bo'yicha xizmatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, Soliq kodeksining 216-moddasiga muvofiq xalqaro yo'nalishdatashishlar bo'yicha ko'rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizasiya qilish aylanmasiga nol darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi: .

  • tranzit yuklarni O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan to'g'ridan-to'g'ri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi to'g'risida belgilari mavjud bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat ko'rsatishga doir xizmatlar kiradi;

  • yo'lovchilar, bagajlar va pochtani xalqaro yo'nalishda tashish. Agar jo'natish punkti yoki tayin etilgan punkt O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridajoylashgan bo'lsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yo'nalishlarda tashish hisoblanadi.

Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)larga to'g'ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo'yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:

  1. -usul. Soliqqa tortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda:

Sqqs = Say x S / 100 (1)
bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi.

  1. -usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda: Sqqs = Tq x S / (S + 100) (2)

bunda: Tq - qo'shilgan qiymat solig'i ham hisobga olingan avtotransport xizmatlari qiymati.
Misol: Buyurtmachiga ATV yordamida yuk tashish bo'yicha bajarilgan ishlarning qiymati QQS bilan birgalikda schot-faktura bo ‘yicha 600 ming so ‘m, deylik.
Ushbu misol bo'yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi vau lOOming so'mni (600 * 20%/ 120 %) tashkil etadi.
Bu holda bajarilgan ishning QQSsiz sotish qiymati 500 ming so'mdan (600-100) iboratbo‘ladi.
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi QQSsiz sotish qiymatidan(l)-formula bo‘yicha hisoblanganda ham 100 ming so‘mni (500 * 20% / 100 %) tashkil etadi.
Avtotransportkorxonalaridanaqdsizpulgabajarilganish(ko‘rsatilgan xizmat)largato‘g‘ri keladigan QQS summasi buyurtmachilarga taqdim etilgan schot-fakturalarda alohida ustunchadako‘rsatiladi. QQS summasi buyurtmachilardan olinadigan schotlarning jami summasiga kiritiladi. Hisoblangan QQS summasiga schot-fakturalar asosida quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 4010 «Olinadigan schotlar»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘ lovlar bo‘yicha qarz».
Naqd pulga ko‘rsatilgan avtotransport xizmatlariga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi buyurtmachidan kassaga kirim qilingan jami tushum tarkibida o‘z aksini topadi va unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag‘lari»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz».
Avtotransport korxonalarida budjetga tolanadigan QQS summasi bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilarga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsati lgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda schot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yo‘li bilan topiladi. Bundan, yuqorida ta’kidlanganidek, faqat QQSdan ozod etilgan shahar yoiovchilar transporti ning xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yoiovchilar tashish xizmatlari mustasno. Ushbu xizmat turlari QQSdan ozod etilganligi tufayli ularga to‘g‘ri keluvchi ta’minotcliilarga tovar-moddiy boyliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tolangan QQS summasi kamaytirishga olib borilmasdan, balki bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Soliq kodeksiga muvofiq (221 -modda) avtotransport korxonalarida kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi to' lovchining tanloviga binoan alohida-alohida yoki mutanosib usulda aniqlanadi. Belgilangan tartibga ko‘ra kamaytirishga olib boriladigan QQS summasini aniqlashning tanlangan usuli kalendar yil mobaynida o'zgartirilishi mumkin emas.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling