Debet 6710 «Xodim bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Respublika yo‘l fondiga sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun to‘langan majburiy yig‘im summasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga tolovlar».
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning o‘tkazib berilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6520 «Davlatningmaqsadli fondlariga to‘lovlar»;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Yagona soliq to‘lovi rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan avtotransport korxonalari yuqorida nomlari keltirilgan ushbu majburiy ajratmalarning to’lovchilari hisoblanmaydilar.
Nazorat uchun test savol-javoblari Xo‘jalik holati
Yo‘lovchilarni tashishga ixtisoslashgan 2209-sonli avtobus parkining hisobot davrida bajargan ish hajmi (sof tushum) 600 mln. so‘m, shundan
shahar iehi va uning tevaragidagi marshrutlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar
mln. so‘m (QQSsiz), shaharlararo qatnovlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar480 mln. so'm (QQSsiz). Ta’minotchilargato'langan QQS summasi 60 mln. so'm. Sotish tannarxi - 420 mln. so'm, davr xarajatlari - 80 mln. so'm, shundan soliq bazasiga qayta qo'shiladigan xarajatlar -12 mln. so'm, olingan dividendlar (dividend solig'i ushlangan) - 2 mln. so'm, toiangan foizlar 3 mln. so'm, favquloddagi zararlar 6 mln. so'm, beg'araz olingan mulk -10 mln.so'm, voz kechilgan kreditorlik qarzlar - 4 mln.so'm.
Soliq qonunchiligi hujjatlariga ko'ra foyda solig'i stavkasi — 10 %, obodonlashtirish solig' i stavkasi - 8 %, yagona soliq to'lovi stavkasi - 8 %.
Ushbu xo'jalik holatida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi savollarga to'g'ri javoblarni toping.
Bajarilgan ishga to‘g‘ri keladigan QQS summasi teng:
120 mln. so'm;
96 mln. so'm; v) 80 mln. so'm; g) 100 mln. so'm.
Budjetga to'lanadigan QQS summasi teng:
48 mln. so'm;
60 mln. so'm; v)20 mln. so'm; g) 40 mln. so'm.
Sotishdan olingan QQS summasi aks ettiriladi:
Debet 9030 Kredit 6410 96 mln. soinga;
Debet 4010 Kredit 6410 96 mln. so'mga; v) Debet 4010 Kredit 6410 80 mln. so'mga; g) Debet 9030 Kredit 6410 120 mln. so'mga.
Ta’minotchilarga to'langan QQS summasi aks ettiriladi:
Debet 6410 Kredit 5110 100 mln. so'mga;
Debet 4410 Kredit 6010 60 mln. so'mga; v) Debet 4410 Kredit 6410 60 mln. so' mga; g) Debet 6410 Kredit 5110 40 mln. so'mga.
Kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi aks ettiriladi:
Debet 6410 Kredit 4410 40 mln. so'mga;
Debet 6410 Kredit 4410 48 mln. so'mga; v) Debet 6410 Kredit 5110 60 mln. so'mga;
Do'stlaringiz bilan baham: |