Soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2-ilovaga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekin keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan avtotransport korxonalari soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlarni Soliq kodeksi vaNizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning summasini foyda solig‘i hisob- kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o’rnatishgamoljallanganjihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda avtotransport korxonasiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’i belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlarva foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko'rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘ini undirilganligi to‘g‘risida maiumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning maiumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatida soliqqa tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan xarajatlar, soliqdan ozod etilgan foydaning turlari hamda imtiyoz me’yorlari Soliq kodeksida (158,159-moddalar) ochib berilgan. Chunonchi, Soliq kodeksining 158- moddasiga muvofiq avtotransport korxonalarining shahar yoiovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘ lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar koi'satishdan olgan foydasi foyda solig‘ini to‘lashdan to'liq ozod qilingan. Foyda solig‘i bo‘yicha berilgan ushbu imtiyoz yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan avtotransport korxonalarida shahar yoiovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda ko‘rsatkichini maxsus hisob-kitob qilishni hamda uni foyda solig‘i liisob-kitobiga ilova qilishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |