Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob.- Т.: Moliya, 2002.
Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti», 2004.
To‘laxo‘jayeva M.M. va boshqalar. Moliyaviy hisob.- Pragma korporatsiyasi, 2004.
Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi va audit. Oliy o‘quv yurtlari uchun.
IV bo‘lim. SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI
bob. SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISH
KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI ,
Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi sub’yektlari sifatidagi tasnifi, tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
Savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. U ishlab chiqarish sohasini iste’mol sohasi bilan bogiovchi bo'g'indir. Savdosiz yaratilgan mahsulotlar o‘z iste’molchilarigayetibbormaydi. Demak, savdo makon vazamondatakror ishlab chiqarishni amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir.
Savdo tovar-pul munosabatlarining majmuasidir. Ushbu munosabatlarda bir tomondan sotuvchi, ikkinchi tomondan esa sotib oluvchi ishtirok etadi. Tovar-pul munosabatlari majmuasi savdoni iqtisodiyotining maxsus tarmog‘i darajasida harakat qilishiga olib keladi.
Savdo faoliyatini turli belgilari bo'yicha guruhlash mumkin.
Amal qilish hududiga ко‘ra savdo faoliyati ichki va tashqi savdoga bo'linadi.
Ichki savdo - bir mamlakat hududi chegarasida amalga oshiriladigan savdo faoliyati.
Tashqi savdo -mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga, eksport deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |