Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan, 1
- Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarning ombor hisobini yuritish usullari
- Moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, ularni tuzish, taqdim etish, tekshirish va tasdiqlash
Uchinchidan, ma’lumotnomadayil fasli va saqlash muddatiga ко‘ra belgilangan tabiiy kamayish me’yoriga asosan sotilgan va sotilmay qolingan o‘rtacha tovarlar miqdoriga to‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish miqori topiladi. Misol uchun, tabiiy kamayish miqdori 0,02 % etib belgilangan, deylik. U holda bizning misolimizda tabiiy kamayish miqdori 77,6 kg ni tashkil qiladi (388000 x0,02 % /100 %).
To‘rtinchidan, 1 kg shakaming sotib olish bahosi 1400 so‘m deb olsak, u holda tabiiy kamayishning summasi bu tovar-moddiy boyliklarni oldingi va keyingi inventarizatsiya o‘tkazish vaqti ichidagi yo‘qotishlarining belgilangan me’yorlardagi miqdori 108640 so‘mni (77,6* 1400) tashkil qiladi. Agar shakar bo‘yicha inventarizatsiyada hisob ma’lumotlaridan chetlanish aniqlanmasa, u holda tabiiy kamayish hisob-kitobi tuzilmaydi. Agar inventarizatsiyada 100 kg shakar kamomad chiqsa, u holda uning kg tabiiy kamayish, qolgan 22,4 kg yoki 31360 so‘mi (1 OOx 1400 - x 1400) me’yordan ortiq kamayish deb tan olinishi lozim. Me’yordan ortiq kam chiqishlar kamomad deb tan olinadi va buning uchun moddiy javobgar shaxs aybdor deb topiladi. Agar, moddiy javobgar shaxs bo‘yniga ushbu aybni qo‘yishga asoslar yetarli deb topilmasa, u holda me’yordan ortiq kamomadlar ham korxonaning zarariga olib boriladi. Tovarlarning tabiiy kamayishi quyidagicha hisoblanadi. Tovarlarning bunday yo‘qotishlarini aniqlash va hu jjatli rasmiylashtirish uchun korxona rahbari tomonidan komissiya tuziladi. Ta'minotchilardan qabul qilib olishda aniqlangan tovarlarning siniqligi, yaroqsizligi va sifat sertifikatiga mos kelmasligi natijalari M-7 shaklli «Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma»da aks ettiriladi. Tovarlar omborlarga qabul qilingandan so‘ng ularni sotishgacha bo‘lgan davrda sinishi, yaroqsiz holga kelishi va sifati pasayishi komissiya tomonidan maxsus «Tovarlarning buzilishi, sinishi to^risida dalolatnoma» bilan rasmiylashtiriladi. Ulguiji savdo korxonalari ma’lum obyektiv sabablargako‘ra (masalan, kirim qilingan tovarlar qayta ekspertiza qilinganda sifat sertifikati talablariga mos kelmaganda, hujjasiz kelgan tovarlar bo‘yicha baholar bo‘yicha ta’ minotchilar bilan kelishuvga kelinmaganda va shu kabi boshqa sabablarga ko‘ra) sotibo’lgan tovarlarini ta’minotchilarga qaytarib berishlari hammumkin. Bunday hollarda tovarlarni ta’minotchilarga qaytarilishi uchun ulardan ishonchnoma talab qilinadi, haqiqatda qaytarilgan tovar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi va ularning predmet qismida «tovarlarni qaytarish» yozuvi qo'yiladi. Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarning ombor hisobini yuritish usullari Ulgurji savdo korxonalarida barcha moddiy-javobgar shaxslar tovarlarning ombor hisobini yuritadilar. Ombor hisobi natural (miqdor) ko‘rinishda tovarlarning nomi, navi, soni va baholari bo‘yicha kartochkalardayoki maxsus kitoblarda yuritiladi. Ushbu hisob registrlariga yozuvlar tovarlarning kirimi vachiqimiga guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar asosida tayyorlanadi. Tovarlarning ombor hisobini yuritish ularni omborlarda saqlashning qabul qilingan usullariga bog‘liq. Tovarlar omborlarda. odatda, har bir kelib tushgan partiyalar yoki ularning nomlari, navlari, kelib tushish baholari bo'yicha saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab tovarlarning ombor hisobi partiyali va navli usullarda yuritilishi mumkin. Baholarni erkinlashtirilishi, qat'i sotib olish baholarini belgilanmaganligi hozirgi sharoitda ulguiji savdo korxonalarida tovarlarning ombor hisobini asosan partiyali usulini keng qo'llashni ta’qozo etmoqda. Tovar partiyalari deganda tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan sotib olish baholarida turli ta’minotchilardan kelib tushgan tovarlar majmuasi tushuniladi. U yoki bu nomdagi kelib tushgan tovarlar partiyasi omborda mavjud bo'lgan aynan shu nomdagi tovarlar tarkibiga kiritilmaydi, lekin kelib tushgan tovarlar partiyasi alohida saqlanadi. Bunga sabab shundaki, tovarlar nomi, artikuli, navi bo'yicha bir xil bo' lsada, lekin ular bir- biridan sotib olish baholari bilan farq qilishi mumkin. Ushbu tovarlarni bir-biriga qo'shib yuborishkeyinchalik ular sotilganda sotish tannarxi va sotishdan olingan daromadni aniqlashda chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Tovarlarni partiyali hisobini yuritish uchun omborlarlarda har bir kelib tushgan partiyaga tasdiqlangan shakldagi «Partion karta» (MX-10) ochiladi. U ikki nusxada yuritiladi. Partion kartadatovarjo'natuvchiningbarchakerakli rekvizitlari, tovarlar kirim hujjatining raqami va sanasi, tovaming nomi, artikuli, navi, bahosi, soni, og'irligj ko'rsatiladi. Partion kartalar kelib tushgan tovarlar partiyasi sotib bo'lguncha yuritiladi. Sotilgan tovaming soni (og'irligj) partion kartada chiqim hujjatlarining raqami va sanasi bo'yicha ko'rsatiladi. Tovar partiyasi to'liq sotib bo'lingach, partion karta yopiladi, unga ushbu partiya bo'yicha me’yordagi tabiiy kamayish, buzilish, sinish, yo'qotishlar to'g'risidagi ma’lumotlar (agar shunday holat yuz beigan bo' Isa) ham yoziladi. Partion kartani yopilishiga ombor mudiri, ombor hisobchisi, buxgalteriya xodimi imzochekadilar. Tovar partiyalarini to'liq sotib bo'linganligi to'g'risida rahbar tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan ikki nusxada maxsus tasdiqlangan shaklda «Tovar partiyalari bo'yicha chiqimlar to'g'risida dalolatnoma» (MX-12) tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi partion kartalarning bir nusxasi bilan birgalikda buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa partion kartalarning ikkinchi nusxasi bilan birgalikda ombor mudirida qoladi. Omborda qolgan partion kartalar tovarlarning ombor hisobi registri hisoblanadi. Tovarlarni saqlashning navli usulini faqat doimiy ta’minotchilardan shartnomalarga asosan bir maromda va o'zgarmas baholarda kelib tushayotgan tovarlar bo‘yicha qo'llash mumkin. Ushbu usulda kelib tushgan yangi tovarlar oldindan omborda mavjud bo‘lgan shu nomdagi, navdagi, bahodagi tovarlar safiga kiritiladi. Bir xil nomdagi, navdagi, bahodagi tovarlarga alohida kartochka yoki ombor kitobida ma’ lum sahifalar aj ratiladi. Ushbu registrlarga yozuvlar kirim va chiqim hujjatlari bo'yicha olib boriladi. Har bir yozuvdan so‘ng tovaming qoldig‘i chiqarib boriladi. Tovarlarning ombor hisobi kartochkalari va kitobi quyidagi shaklda yuritiladi (ilovaga qarang). Kamida bir marta har oyda ombor hisobi kartochkalari yoki kitobi ma’lumotlari buxgalteriyahisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanibborilishi lozim. Buning uchun ombor hisobi kartochkalarining kirim va chiqim, shuningdek davr boshi va oxiridagi qoldig‘i bo‘yichajamlangan ma’lumotlar asosida tasdiqlangan shaklda «Tovar-moddiy boyliklarning saqlash joylaridagi qoldiqlar i hisobi qaydnomasi» (MX-19) tuziladi. Ushbu qaydnoma ulguiji savdo korxonalari buxgalteriyasida tovar-moddiy boyliklar hisobining «operativ-buxgalterlik (qoldiq)» usulida yuritiladi, ya’ni unda har bir tovar bo‘yicha bosh qoldiq, kirim va chiqim ma’lumotlari soniy va summaviy ko‘rinishda jamlangan holda hisob baholari bo‘yicha aks ettiriladi. Qaydnomaning bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim bo‘yicha jami ma’lumotlari ombor mudirlari tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga topshirilgan tovar hisobotlarining mos ravishda bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos bo'lishi kerak. Konsignatsiya shartnomasiga asosan omborlarga qabul qilingan konsignasion tovarlarning ombor hisobi alohida partiyalari bo'yicha partion kartalarda yuritiladi. Ushbu partion kartalar konsignasion tovarlar to‘lig‘icha sotilgunga qadar yoki ushbu tovarlar egasiga qaytarilguniga qadar ombor mudirlari tomonidan ikki nusxada yuritiladi. Omborlargao'zgakorxonalarga tegishli bo'lgan vamas’ul saqlash uchun kirim qilingan tovarlarning ombor hisobi alohida kartochkalarda partion yoki operativ buxgalteriya usullaridan birida yuritiladi. Moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, ularni tuzish, taqdim etish, tekshirish va tasdiqlash Ulguiji savdo korxonalarining ombor mudirlari belgilangan muddatlarda «Tovarlar va idishlar harakati to'g'risida hisobot»ni keyingi betda keltirilgan shaklda tiizi shkiri va buxgalteriyaga taqdi m etishlari lozim. Tovar operatsiyalar ko‘p bo’lgan ulgurji savdo korxonalarida ushbu hisobot, odatda, har kuni tuziladi. Hisobotning ko‘p betlik bolib ketmasligi uchun unga kiritilgan tovarlar va idishlarning kirim va chiqim boshlang1 ich hujjatlari bo‘yicha alohida reestrlar tuzish, ushbu reestrlarning umumiy summalarini mos ravishda hisobotning kirim va chiqimida bir qatorlan aks ettirish, shuningdek ushbu reestrlar va boshlang1 ich hujjatlarni hisobotga ilova qilishga ruxsat beriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling