Sotib olish qiymatiga, ya ’ni 7900000 so ‘mga:
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 7900000;
Kredit 6010 “Ta‘minotchilarga toianadigan schotlar” 7900000.
Yoqilg ‘iga qo ‘yilgan savdo ustamasiga, ya 'ni 1300000 so ‘mga 10000 (920-790):
Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 1300000;
Kredit 2980 “Savdo ustamalari” 1300000.
Kassa apparati ko‘rsatkichlari yoki tovar cheklari asosida AYOQShlarda sotishdan olingan sof tushum, shuningdek sotishda olingan yoqilg'i iste’moli solig'i hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
-Sotishdan olingan sof savdo tushumi summasiga;
Debet 5010 «Kassa» 9200000;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar» - 9200000.
-Sotilganyoqilg ‘iga to ‘g ‘ri keladigan soliq summasiga:
Debet 5010 «Kassa» -1200000;
Kredit 6410 «Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar» 1200000.
AYOQShlarda iste’mol solig'i ayirib tashlangandan keyin qolgan savdo tushumi yagona soliq to'loviga tortiladi. AYOQShningjoylashgan joyi va xizmat ko'rsatayotgan hududidagi aholi soniga ko'ra yagona soliq to'lovi belgilangan stavkada hisoblanadi. Misol uchun, ushbu soliq stavkasi 3 foiz, deylik. Bu holda AYOQShning yoqilg'i sotishdan olgan sof tushumidan to'laydigan yagona soliq to'lovi summasi 276000 so'mni (9200000x3%) tashkil etadi. Ushbu soliq summasi yuqorida keltirilgan tartibdagidek, Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo'yicha xarajatlar» Kredit 6410 “Budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar” yozuv bilan hisobda aks ettiriladi.
AYOQShlarda yoqilg'i iste’moli uchun soliq va yagona soliq to'lovining budjetga o'tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 6410 “Budjetga to' lovlar bo'yicha qarzlar” (soliq turi);
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
AYOQShLarda sotilgan yoqilg'i sotish bahosida (iste’mol solig'isiz) moddiyjavobgar shaxs bo'ynidan chiqariladi va unga qo'yidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» 9200000;
Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» 9200000.
Sotilgan yoqilg' ining tannarxi 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schotining debetida to'plangan summadan ushbu schotning kreditigaolib borilgan sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan savdo ustamasini (bizning misolimizda 1300000 so'm) ayirish orqali topiladi. Savdo ustamasining hisobdan chiqarilishi quyidagicha schotlarda aks ettiriladi:
Debet 2980 “Savdo ustamalari” 1300000;
Kredit 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» 1300000.
Demak, jami sotilgan sotilgan yoqilg‘ining tannarxi bizning misolimizda 7900000 soi-nni (9200000-1300000) tashkil etadi.
Hisobot davri oxirida yoqilg‘ining sotilishi dan olingan sof tushum va sotish tannarxi yakuniy moliyaviy natijalar schotiga o‘tkaziladi va ularga quyidagicha yozuvlar qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |