Debet 9810 «Daromad (foyda)dan soliqlar bo‘yicha xarajatlar»;
Kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”.
Yalpi daromad solig‘ining Budjetga o‘tkazib berilishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”;
Kredit 5110 «Hisob-kitob schoti».
Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobi
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi savdo korxonalari davlatning maqsadli fondlari (pensiya fondi, yo‘l fondi, maktab ta’limini rivojlantirish fondi)ga majburiy ajratmalarni qilmaydilar. Yalpi daromad solig‘ini to‘lovchi ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari esa ushbu majburiy ajratmalarni to‘lovchilari bo’lib hisoblanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulguiji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari davlatning maqsadli fondlarining har biriga majburiy ajratmalarni sof tovar aylanmasidan 1 foiz miqdorida to‘laydilar. Barcha savdo korxonalari, ularning qaysi soliq to‘lovini to‘lovchilari bo‘lishlaridan qat’i nazar, xodimlarga hisoblangan ish haqi ko‘rinishidagi barcha daromadlardan (imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga ajratmani, shuningdek undan belgilangan foiz miqdorida ushlanmani amalga oshirishlari lozim. Bundan tashqari, barcha savdo korxonalari o‘z maqsadlarida sotib olgan avtomobillar uchun ularning sotib olish qiymatidan belgilangan stavkada yo‘l fondiga to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Savdo korxonalarida boshqa korxonalar singari davlatning maqsadli fondlariga ajratmalar tasdiqlangan shakllarda hisob-kitob qilinadi va ushbu hisob-kitoblar asosida hisoblangan ajratmalar summasiga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Xodimlarga hisoblangan ish haqi koiinishidagi barcha daromadlardan (imtiyozlardan tashqari) belgilangan foiz miqdorida pensiya fondiga ajratmaga quyidagi yozuv qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |