Qiy matdan chetlanish - qurilish materiallarining xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq.
Talabnoma - bu qurilish materiallarini omborlardan qurilish maydonchalariga yetkazib berishda prorab, master yoki brigadir tomonidan tuziladigan boshlangich hujjat bo’lib, unda kerakli materialning nomi, markasi, miqdori ko‘rsatiladi.
Limit-zabor varag‘i - bu qurilish materiallarini omborlardan qurilish maydonchalariga yetkazib berishda maium muddatga(5 kunga, 10 kunga, 1 oyga) ochilgan boshlangich hujjat bo’lib, unda kerakli materialning nomi, markasi, miqdori berilgan kunlar bo‘yicha ko‘rsatiladi hamda hisobot davr oxiridajamlanadi.
Qurilish materiallari sarfi to‘g‘risida hisobot-bu sarflangan materiallar qiymatini bajarilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga, materiallar sarfi hisobini yuritishga asos boiuvchi moddiy javobgar shaxslar (prorab, master yoki brigadir) tomonidan tuziladigan hamda rahbar tomonidan tasdiqlanadigan hisobot.
Inventarizatsiya - bu moddiy boyliklarning mavjud holatini ularni sanash, tortish, oichash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlash.
Materiallar hisobi - bu qurilish materiallari kirimi va chiqimi, shuningdek ularning davr boshi va oxiriga bo’lgan holatini soniy va summoviy ko‘rinishda tegishli registrlarda yuritish tizimi.
Nazorat qilish uchun test savol - javoblari Xo‘jaIik situatsiyasi
1050 «Qurilish materiali» schotining oy boshiga qoldigi hisob bahosi bo‘yicha5000000 so‘m, 1610 «Materiallar qiymatidagi farq» schotining debet qoldig‘i 100000 so‘m. Hisobot oyida 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida ta’mimtchilardankirim qilingan materiallarning sotib olish bahosidagi qiymati 12000000 so‘m, shujumladan QQS-2000000 so‘m. Bundantashqari materiallarning tashib keltirish xarajatlari 300000 so‘m, vositachilik xarajatlari-400000 so‘m. Materiallarning hisob bahosidagi kirim qiymati 10500000 so‘m. Hisobot oyida qurilish ishlariga sarflangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati 8000000 so‘m.
Ushbu situatsiyabo‘yicha quyidagi savollarga to:g‘rijavoblarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |