Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»; Kredit
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4-jadval Qurilish tashkilotlarida materiallarning ishlatilishi va boshqa
Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»;
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar». 3.3-jadval Materiallar kirimini schotlarda aks ettirish (bevosita usul)
Agar qurilish tashkiloti ixchamlashtirilgan yagoiia soliq to'Iovchisi hisoblansa, u holda ta'minotchilarga tolangan QQS ham materiallar qiyuiatiga kiritiladi va unga alohida ushbu mazmundagi buxgalteriya yozuvi qilinmaydi. kelib tushgcin materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan yuqori bo 'Iganda: Debet 1610 «Material lar qiymatidagi farqlar» Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida to‘p!angan materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi xarajatlarni aks ettiruvchi schotlarning (2010,2310,2510,9410, 9420,9430) debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosigamutanosib tarzda qo‘shimcha yozuv yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi. Materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqachiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (3,4-jadval). Qurilish tashkilotlarida materiallarning tahliliy hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisob bahosida 10-s qaydnomasida yuritiladi. Bu qaydnoma 3 ta bo‘limdan iborat. Uning 1-bo’limi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi hamda ularning hisob bahosidagi qiymati o'rtasidagi chetlanish summasininghisobi uchun mo‘ljallangan. Ushbu chetlanishni hisob-kitob qilish va ular hisobini 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida yuritish uchun 10-s qaydnomasiga materiallarning kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6-s jurnal-order va boshqa jurnal-orderlar yozuvlari asosida ko‘rsatiladi. Materiallar va ular qiymatidagi farqlarning bosh qoldig‘iga doir ma’lumotlar qaydnomaning 2- va 3-bo’limtaridan olinadi. Shundan so‘ng, materiallar va ular qiymatidagi farqlarning bosh qoldiqlari va kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida (mos ravishda ularning haqiqiy tannarxi hamda hisob bahosidagi qiymatlari bo‘yicha) xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi va foizi aniqlanadi. Materiallarning xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farqning o‘rtacha foizi (0‘f) quyidagicha topiladi: Fo + Fd 0‘f = x 100 % Mo + Md bu yerda: Fo va Fd - materiallarning xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farqning mos ravishda oy boshiga qoldig‘i va kirim qilingan qismiga to‘g‘ri keluvchi summasi (yoki 1610 «Materiallar qiymati oilasidagi farq» schotining mos ravishdagi bosh qoldig‘i va debet aylanmasi summalari); Mo va Md - materiallarning hisob bahosidagi oy boshiga bo’lgan bosh qoldig‘i vakirimining qiymati (yoki 1000 «Materiallar» schotining hisob bahosi bo‘yicha mos ravishdagi bosh qoldig‘i va debet aylanma summalari). 3.4-jadval Qurilish tashkilotlarida materiallarning ishlatilishi va boshqa chiqimlarini schotlarda aks ettirish
Materiallar sarfiga to‘g'ri keladigan ularning xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi (Fs) quyidagicha topiladi: Fs = Ms * 0‘f / 100 % bu yerda: Ms-materiallar chiqimininghisob bahosidagi qiymati Misol: 1050 «Qurilish materiallari» schotining hisob bahosida qiymati oy boshiga 10000000 so ‘m, 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotining debet qoldig 7 250000 so ‘m. Hisobot oyida kirim qilingan materiallarning qiymati (QOSsiz): (a) hisob bahosida 15000000 so'm; (b) haqiqiy tannarxi (xarid qiymati) bo'yicha 16000000 so ‘m. Hisobot oyida qurilishga sarflangan materiallarning hisob bahosidagi qiymati 20000000 so ‘m. Ushbu misolda keltirilgan ma’ lumotlar bo‘yicha: materiallarning xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farqning o‘rtacha foizi 5 foizga teng bo‘ladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling