Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. -


Download 1.4 Mb.
bet35/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. -Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003.

  1. bob. QliRILISH TASHKILOTLARIDAMEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA HISOB - KITOBLAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

    1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq toMash bo‘yicha

hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari
Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislarjamoasini shakllantirishni, shuningdek mos ravi shda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘ lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo‘ lmagan xodimlar.
Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan Iavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-qumvehilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovehilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardanturli tayyor moslamalaryasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi.
Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
Qurilish tashkilotlarida xodimlarni ishga olish vaishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat shamomalarini tuzish hamda uni bekor qilish Respublikamiz qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda xodimlarning ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naiyadlar, hisobotlar, ma’ lumotnomalar, dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, brigadirlar)ga yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllarning qoilanilishi qurilish tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga solinadi.
Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif raziyadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlaiTiing haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda ishlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injener- texnik xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofotlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofotli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofotning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ish haqi hisoblashning ishbay shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari. masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq toiash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir biriik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me‘yori (rastsenka), xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida hisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya‘ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan ishlar yaxlitjamoaning (brigadaning) mehnati sifatida tavsiflanadi. Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord», «akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling