Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet36/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Akkord tizimda hisoblangan asosiy ish haqi, mukofatlar va boshqa qo‘shimchalar dastlab jami brigada uchun yaxlit tarzda belgilanadi. Ish haqining jami miqdori brigada tomonidan haqiqatda bajarilgan ishning hajmini, bir biriik ish uchun belgilangan mehnat haqi me’yoriga (rassenkaga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan belgilangan mukofot va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar ham yaxlit brigadaga tegishli hisoblanadi.
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlari brigada a‘zolarining o‘rtasida ularning umumiy bajarilgan ishdagi hissasiga, ya’ni mehnatda ishtirok koeffitsiyenti (MIK)ga qarab taqsimlanadi. Ushbu koeffitsient brigada kengashi majlisi qarori bilan belgilanadi va maxsus bayonnoma ko‘rinishida buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Misol. Brigada a'zolariga dekabr oyida «А» obyektda bajargan ishlari uchun nary ad asosida 500000 so ‘m ish haqi hisoblangan, shuningdek 300000 so ‘m mukofot belgilangan. Brigada a ’zolarining tarkibi, egallagan lavozimlari, razryadlari, label bo ‘yicha ishlagan vaqti, brigada kengashi yig ‘ilishining qarori bo 'yicha belgilangan mehnatda ishtirok etganlik koeffitsientlari 4.1 -jadvalda keltirilgan.
4.1-jadval
Brigada a’zolarining mehnatda ishtirok koeffitsiyenti asosida
ishlagan vaqtining hisob-kitobi

.Vs

Familiya, ismi sharifi

Lavozimi

Ramadi

Ishlagan
vaqti,
soat

Mehnatda
ishtirok
koeffits.
(MIK)

MIK bilan hisoblangan ish vaqti

1.

Davirov D

Brigadir

6

175

1,3

227,5

2.

Xalikov A

Ishchi

5

175

1

175

3.

Shirinov В

Ishchi

3

175

1,1

192,5

4.

Jabborov S

Ishchi

3

140

0,7

98

5.

OlimovA

Ishchi

">

154

0.9

138.6




Jami







819




831,6



Yuqoridagi ma’lumotlar asosida dastlab MIK bilan hisoblangan bir birlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan asosiy ish haqi va mukofot summasi topib olinadi. Bizning misolimizda bu ko‘rsatkich:

  1. asosiy ish haqi bo‘yicha 601,25 so‘m (500000 / 831,6);

  2. mukofot bo‘yicha 360,75 so‘m (300000 / 831,6).

Ushbu ma’lumotlar asosida asosiy ish haqi va mukofot pulining brigada a’zolari o‘rtasidagi taqsimoti hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi (4.2-jadval):
Qurilish tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun beriladigan nafaqa, mehnat ta‘tili va boshqa tolovlar (moddiy yordam, kompensatsiyalar) umumbelgilangantartibgaasosan hisob-kitob qilinadi.
Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi. Majburiy ushlanmalarga xodimlarish haqidan undiriladigan
4.2-jadval
Brigada a’zolari o‘rtasida asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini taqsimlash hisob-kitobi

V

Familiya. ismi sharifl

MIK bilan liisoblan- цап ish vaqti

MIK bilan hisob- langan bir birlik ish vaqtiga to‘g‘ri keluvchi

Hisoblangan

Jami
hisob-
lamli

ish
haqi

muko-
fot

ish
haqi

ninko-
fot




1

Davirov D

227,5

601,25

360,75

136784

82071

218855

2

Xalikov A.

175

601,25

360,75

105219

63131

168350

3

Shirinov В

192,5

601.25

360,75

115741

69444

185185

4

Jabborov S

98

601,25

360,75

58923

35354

94277

5

Olimov A

138,6

601.25

360,75

83333

50000

133333




J;imi

831,6







500000

300000

800000



daromad solig‘i, 4 foizlikpensiya fondigaushlanma, 1 foizlikjamg'arib boriladigan pensiyata’minoti schotigaushlanma, sudijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar, berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlarning arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli to‘lovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori xodimlar oylik ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha ushlanmalarning hisob- kitoblaii umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singari ish haqini berishning bo‘nakli vabo‘naksiztizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi yarmi tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qo‘llanilganda ish haqi faqat hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi.
Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq toiashga doir barcha hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo'yicha hisob-kitoblarning sintetik va tahliliy hisobini yuritishga asos bo‘ ladi.

    1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha

hisob-kitoblarning sintetik va tahliliy hisobi
Qurilish tashkilotlari mehnatga haq to‘lash hisob-kitoblarning sintetik hisobini 6700 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va 6720 «Deponentlangan ish haqi» schotlaridaynritislilari lozim.
4.3-jadval
Qurilish tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni schotlarda aks ettirish

j\“

Operatsiyaning mazinuni

Summa

Debet
schot

Kredit
schot

Asos
boMuvchi
hujjat

1.

Qurilish ishlari uchun hisoblangan bevosita ish haqi summasiga

3000000

2010

6710

Hisob-to‘iov
qaydnomasi

2.

Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqi summasiga

1500000

2310

6710

Hisob-to'lov
qaydnomasi

3.

Umumishlab chiqarish xarajatlariga olib borilgan ish haqi summasiga

1000000

2510

6710

Hisob-to‘ lov qaydnomasi

4.

Kapital investitsiyalarga kiritilgan ish haqi summasiga

2000000

0810­0890

6710

Hisob-to'lov
qaydnomasi

5.

O'z asosiy vositalarini tugatish uchun hisoblaiman ish haqi summasiga

100000

9210

6710

Hisob-to4ov
qaydnomasi

6.

Korxona hisobidan hisoblangan mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun hisoblangan nafaqa. moddiy yordam va konpensatsivalar summasiga

500000

9430

6710

Hisob-to'lov
qaydnomasi

7.

Rezerv hisobidan hisoblangan mehnat ta'tili summasiga

600000

8910

6710

Hisob-to'lov
qaydnomasi

8.

Ma' muriy-boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi summasma

1200000

9420

6710

Hisob-to4ov
qaydnomasi

9.

Sotish xarajatlariga olib borilgan ish haqi summasiga

300000

9410

6710

Hisob-to'lov
qaydnomasi

10.

Ish haqidan ushlangan daromad solig'i summasiga

2100000

6710

6410

Hisob-to'lov
qavdrom?si

11.

1 foizlikjamlanib boruvchi pensiya ta’minotiga ushlanma summasma

104000

6410

6990

Hisob-to'lov
qavdnomasi

12.

2,5 foizlik pensiya fondiga ushlanma summasiga

250000

6710

6520

Hisob-toMov
qavdnomasi

13.

Sud ijro hujjatlari asosidagi ushlanmalarga

120000

6710

6990

Hisob-to*lov
qavdnomasi

14.

Yetkazilgan zararlarning ushlanishiga

25000

6710

4730

Hisob-to‘lov
qaydnomasi

15.

Arizaga muvofiq turli to'lovlar uchun ushlanmalarua

265000

6710

6990

Hisob-to'lov
qaydnomasi

16.

Deponent qilingan ish haqi summasiga

500000

6710

6720

Deponent hisobi kartochkalan

17.

Kassadan berilgan ish haqi va deponent haqi summasiga

4500000

6710,
6720

5010

To'lov qaydnomasi, chiqim kassa orderi



Ushbu passiv schotlarning bosh va oxirgi qoldiqlari mos ravishda hisobot oyining boshi va oxirida qurilish tashkilotining o‘z xodimlari oldidagi

to‘lanmagan ish haqi hamda deponentlangan ish haqi bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi. Bu schotlarning kreditida mos ravishda qurilish tashkilotining ish haqi bo‘yicha qarzini ko‘payishi, debetida esa ushbu qarzning kamayishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (4.3-jadval).
Mehnatga haq toiash bo‘yicha liisob-kitoblarning tahliliy hisobi qurilish tashkilotlarining alohida olinganjavobgarlik markazlari (qurilish obyektlari, qurilish ishlari turlari, xarajat moddalari) bo‘yicha 10-sjurnal-orderda olib boriladi.

    1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq toMash xarajatiarining taqsimoti

Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashga ketgan sarf-xarajatlarni ikkita guruhga ajratish mumkin: (1) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; (2) qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi xarajatlari. Bu guruhga kiruvchi xarajatlar, o‘z navbatida, yana ikki turga bo‘linadi:

  1. qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi xarajatlari; (2) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi xarajatlari.

Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi xarajatlariga aniq qurilish ishi uchun uni olib borgan ishchi xodimlarga hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat haqlari kiritiladi. Bitta qurilish obyekti bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi xarajatlari boshqa qurilish obyektiga doir mehnat haqi xarajatlariga kiritilishi mumkin emas. Bunday xarajatlar buxgalteriyada 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schoti doirasida har bir qurilish ishlari obyekti uchun ochilgan mos tahliliy schotlarda aks ettirilishi lozim.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi xarajatlariga barcha qurilish obyektlariga taalluqli bo‘lgan hamda ular o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari kiradi. Bunday xarajatlar bo‘lib, jumladan, qurilish mashina va mexanizlarining boshqaruvchilariga (mashinistlarga) hisoblangan ish haqi, yordamchi avtoxo‘jalik xodimlariga hisoblangan ish haqi va shu kabilar hisoblanadi. Ushbu turdagi yordamchi xo‘jaliklar hisobot oyida turli qurilish obyektlariga xizmat ko‘rsatganligi uchun hisoblangan ish haqi xarajatlarini u yoki bu qurilish obyekti tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan ish haqi xarajatlari dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» va2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarida to‘ planadi, so‘ ng hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ ra tegishli qurilish ishlari о‘rtasida taqsimlanadi hamda mos ravishda ularning tannarxiga kiritiladi.
Hisobot oyida mehnatga haq toiash xarajatlarini qurilish ishlari o‘rtasida quyidagicha hisob-kitob qilinadi (4.4-jadval). Ushbu ma’lumotlar RT-2 hamda RT-5s shaklli ishlov qaydnomalarida o‘z aksini topadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling