Xasanov N.X., Xaydarov Sh.U. va boshqalar. Korxonalarda ish haqi-Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2003.
bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA QURILISH ISHLARI TANNARXIiNI KALKULYATSIYA QILISH XUSUSIYATLARI
,5.1. Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan xarajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari bevosita va bilvosita (ustama) xarajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi xarajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning tarkibiga quyidagi xarajat moddalari kiritiladi'(5.1 -jadval). >
Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotida olib boriladi. Ushbu schot doirasida har bir qurilish obyekti xarajatlari hisobi uchun alohida tahliliy schotlar ochiladi.
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schoti doirasida tahliliy schotlarning ochilishi, yuritilishi hamda yopilishi misol tariqasidd 5.2-jadvalda keltirilgan.
(5.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdikij 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotining debetida qurilish ishlarining oy boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldig‘i, ya’ni tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi), oy mobaynida qurilish ishlariga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlar ko‘rsatiladi. Ushbu schotning kreditida buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlarining tannarxi (sotish tannarxi) aks ettiriladi.
Qurilish ishlari buyurtmachilarga bosqichma-bosqich topshirilgan hollarda qurilish tashkilotlarida hisobot davri oxiriga to‘g‘ri keladigan tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi) inventarizatsiya yoii bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |