Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda


Download 1.4 Mb.
bet42/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda: Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»

Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda:

Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslamalar, xojalik jihozlari olinganda:

Debet 1000 «Materiallar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari kapital investitsiya sifatida tan olinganda:

Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari summasini asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilganda:

Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»

  1. yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini davr xarajatlari hisobi schotlariga о ‘tkazilganda:

Debet 9400 «Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schotlar» Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish obyektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq taqsimlashyoii bilan amalga oshiriladi. Ularni taqsimlab chiqish tartibi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim moddalari bo'yicha oldingi boblardayoritilgan.
Yordamchi ishlabchiqarish xarajatlari vaulartaqsimotining tahliliy hisobi har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida yuritiladi. „

  1. Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va ularning taqsimoti

Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘ lgan xarajatlar hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» tizimida alohida olib borishlari mumkin. Ushbu schotlar tizimida ochiladigan maxsus schotlarda, chunonchi, quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:

  1. qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlari;

  2. ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;

v) ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;

  1. ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;

  2. ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish xarajatlari;

j) ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatishda band bo‘ lgan ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar;
z) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi mobaynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo'yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetida to'plangan xarajatlar qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot) xarajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari, chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlari, ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari misolida 2-bobda ko'rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umiunishlab chiqarish xarajatlarining qolgan moddalari ham mos ravishdagi qurilish obyektlari o‘rtasidataqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining tahliliy hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish boMi nmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.

  1. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari

Qurilisli tashkilotlarida qurilish ishlariningrejatannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qanchamaqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘ lgan va haqiqatda ketgan sarf-xarajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish reja tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni aniqlashga, ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullar hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi xarajat obyekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish obyektiga (buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotida to‘plangan hisob ma’lumotlari asosida obyekt (ish) buyurtmachiga topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’ lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartochkasining tegishli xarajat moddalarini to‘ldirishgaasos bo‘ladi (5.4-jadval).

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling