Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet43/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

5.4-jadvaI
Qurilish ishlari haqiqiy tannarxi va uni reja (normativ) tannarxdan chetlanishi hisobi kalkulyatsion kartochkasi

jY«

Xarajat moddasi

Reja (normativ) bo'vieha

Haqiqatda

Chetlanish
(+.-)

I.

Material xarajatlari

35300000

35750000

450000

2.

Ish hai|i xarajatlari

25000000

24650000

-350000

3.

Ijtimiy sug'urta

6250000

6162500

-87500

4.

Amortizatsiya ajratmalari

1600000

1475500

-124500

5.

Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari

6100000

5460000

-640000

6.

Umumishlab chiqarish xarajatlari

5750000

5402000

-348000

7.

.larni tannarx

80000000

78900000

-1100000

8.

Shartnoina qivmati

120000000

120000000

0

9.

Shundan QQS

20000000

20000000

0

10.

Valpi fovda

20000000

21100000

1100000

11.

Davr xarajatlari

8000000

8600000

600000

12.

Qurilishga doir soliqgacha foyda summasi

12000000

12500000

500000



Kalkulyatsion kartochkaning alohida ustunchalarida xaraj at moddalari bo‘yicha ularning reja yoki normativ miqdori hamda yuz bergan chetlanishlar ko‘rsatiladi. Kartochkama’lumotlari qurilish ishi xarajatlarini qaydarajadato‘g‘ri rejalashtirilganligi yoki ularbo‘yichanormativlarning to‘g‘ri belgilanganligiga baho berishga, reja yoki normativlardan chetlanishlarning sabablari, aybdorlari va boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradi.
Jamyonli usul qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lumjarayonlar, chunonchi loyihalashtirish, qurishgatayyorlash, obyektni qurish, jihozlarni o’rnatish, sinash vatopshirishkabijarayonlar tannarxini aniqlashdaqo‘llaniladi. Har birjarayonga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlarmajmuasi uning haqiqiy tannarxini tashkil etadi. Ushbu haqiqiy tannarx summasi keyingi jarayon uchun tugallanmagan qurilish qiymati bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarini buyurtmachilargajarayonlar bo‘yichatopshirish pudrat shartnomalaridako‘zdatutilgan hollarda tugallangan jarayonning haqiqiy tannarxi buyurtmali usulda keltirilgan tartibda kalkulyatsiya qilinadi. Ushbu kalkulyatsiya ma’lumotlari topshirilganjarayon qiymatini sotish tannarxi sifatida hisobga olish uchun asos bo‘ lib hisoblanadi.
Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) pudrat shartnomalarigako‘ra qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foizigako‘ra topshirish ko‘zda tutilganda qollaniladi. Qurilishning tugallanish foizi hisobot oyining oxirida

jami haqiqatdaketgan sarf-xarajatlarni qurilish ishlarining smetatannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob asosida topilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi buyurtmachilarga topshirilgan ishlarning tannarxi (sotish tannarxi) sifatida hisobga olinadi.
Tayanch iboralar
Qurilish ishlari tannarxi - bu qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilgan qurilish ishlariga sarflangan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi.
Qurilish ishlarining reja tannarxi kalkulyatsiyasi - bu qurilish ishlariga sarflanadigan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari asosida ularning reja tannarxini aniqlash.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi kalkulyatsiyasi - qurilish ishlariga haqiqatda sarflangan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari asosida ularning haqiqiy tannarxini aniqlash.
Buyurtmali usul - haqiqiy tannarxni bajarilgan har bir qurilish ishi (buyurtma) uchun aniqlash usuli.
Jarayonli usul - qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lum jarayonlar, chunonchi loyihalashtirish, qurishgatayyorlash, obyektni qurish, jihozlarni o’rnatish, smash va topshirish kabi jarayonlar haqiqiy tannarxini aniqlash usuli.
Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) - pudrat shartnomalariga ko‘ra qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foiziga ko‘ra topshirishdagi haqiqiy tannarxini aniqlash usuli.
Kalkulyatsion kartochka - qurilish ishlarining reja (normativ) va haqiqiy tannarxini tashkil qiluvchi xarajat moddalari hamda ular bo‘yicha yuz bergan chetlanishlarni o‘zida ifodalovchi hisob registri.
Nazorat uchun test savol-javoblari 1. Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kirmaydi:

  1. brigada a’zolariga hisoblangan ish haqi;

  2. sarflangan material xarajatlari;

v) loyihalashtirish xarajatlari;
g) hisob xodimlariga hisoblangan ish haqi.

  1. Qurilish tashkilotlarida bilvosita xarajatlarga kiradi:

  1. ma’muriy-boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi;

  2. bosh injenerga hisoblangan safar xarajatlari; v) qurilish mashinalarini saqlash xarajatlari;

g) yuqoridagilarning barchasi.

  1. Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi:

  1. 3190 schotda;

  2. 2010 schotda; v) 2310 schotda; g) 2510 schotda.

  1. Tugallangan qurilish ishining haqiqiy tannarxi:

  1. ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini o‘z ichiga oladi;

  2. haqiqatda ketgan ishlab chiqarish xarajatlaridir; v) umumishlab chiqarish xarajatlaridan iborat;

g) yuqorida keltirilgan barcha xarajatlardan iborat.

  1. Qurilish ishlari tannarxining tahliliy hisobi:

  1. qurilish tashkiloti bo‘yicha yaxlit yuritiladi;

  2. har bir qurilish ishi bo‘yicha yuritiladi; v)yuritilmaydi;

g)jami qurilish ishlari bo‘yichabosh kitobda yuritiladi.

  1. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari:

  1. 2010 schotda hisobga olinadi;

  2. qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2510 schotda hisobga olinadi;

g) hisobga olinmaydi.

  1. Umumishlab chiqarish xarajatlari:

  1. 2010 schotda hisobga olinadi;

  2. taqsimlanadi va qurilish ishlari tannarxiga kiritiladi; v) 2310 schotda hisobga olinadi;

g) 3190 schotda hisobga olinadi.

  1. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad:

  1. davr xarajatlarini chegaralash;

  2. talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymaslik; v) sotish tannarxini real hisoblash;

g) soliqni yashirish yo‘lini izlab topish.

  1. Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usulidatannarx:

  1. jami tashkilot bo‘yichatopiladi;

  2. har bir buyurtma bo‘yicha topiladi;

v) har bir jarayon bo‘yicha topiladi;
g) topilmaydi

  1. Buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining haqiqiy tannarxiga buxgalteriya yozuvi beriladi:

  1. Debet 2010 Kredit 2310

  2. Debet 3190 Kredit 2010;

v) Debet 9130 Kredit 2010;
g) Debet 9030 Kredit 2010.
Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonliginiyanadayuksaltirish.-T.: 0‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy-huquqiy ro‘znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil.

  3. 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -Т.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2008.

  4. «Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidaNizom». 0‘zR VMning 1999-yiI 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.

  5. BHMS № 21 «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarningmoliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qoMIash bo‘yicha yo‘riqnoma». 0‘zR. AV tomonidan 2002-yil 23-oktabrda ro‘yxatga olingan, № 1181.

  6. Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob. - Т.: «Moliya», 2002.

  7. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - Т.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004.

  8. Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik. - Т.: «Iqtisod- moliya», 2005.


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling