Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»; Kredit
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar». Olingan bo‘naklar buyurtmachilar tomonidan haqiqatda bajarilgan ishlar uchun yakuniy hisob-kitoblar qilinishida kamaytirishga olib boriladi. Ushbu kamaytirish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»; Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» Qurilish ishlarini bajarish buyurtmachilarning materiallari asosida amalga oshirilishi mumkin. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujj atlariga ko‘ra buyurtmachilarning pudratchilargaqurilish ishlari uchun berganmateriallari buyurtmachilar uchun boshqa aktivlarni sotish sifatida (Debet 4010 Kredit 9220, 6410), pudratchi tashkilotlar uchun esa sotib olish operatsiyasi sifatida (Debet 1050,4410 Kredit 6010) tan olinadi. Bunday holatlarda qurilish tashkilotlarida buyurtmachilardan olingan materiallar uchun kreditorlik qarzlarini bajargan ishlari uchun vujudga kelgan debitorlik qarzlari bilan qoplashlari ta’qiqlanadi. Ushbu mazmundagi barter operatsiyalariga faqatgina inqirozga uchragan hollarda sud qarori asosida o‘zaro qarzlarni qoplash maqsadida ruxsat etilishi mumkin. Sud qaroriga asosanpudratchilar va buyurtmachilar o'rtasidagi o‘zaro qoplangan qarzlar summasi buxgalteriyahisobida quyidagicha aks ettiriladi: . Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»; Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlao>. Qurilish tashkilotlarining buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarining tahliliy hisobiga doir ma’lumotlar turli registrlardao‘zaksini topadi. Chunonchi, buyurtmachilar bilan yakuniy hisob-kitoblar to‘g‘risidagi barcha tahliliy ma’lumotlar 5-s va 16-s qaydnomalarida, olingan bo‘naklar 8-s jurnal- order va 2-qaydnomada, olingan materiallar bo‘yicha hisob-kitoblar 6-s jurnal-order va 10-s qaydnomada keltiriladi. Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi Qurilish ishlari ikki tomonlamali hamda ko‘ p tomonlamali (uch va undan ko‘p tomonlar ishtirokidagi) shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Ikki tomonlamali shartnomada, odatda, pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Ko‘p tomonlamali shartnomalarda esa bosh pudratchi, subpudratchilar va buyurtmachi ishtirok etadi. Ikkinchi turdagi shartnoma shartlariga ko‘ra pudratchi qurilish ishlarining alohida tarkibiy qismlarini subpudratchilarni jalb qilish yo‘li bilan bajarish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda subpudratchinijalb etgan pudratchi tashkilot bosh pudratchi hisoblanadi. Bosh pudratchi qurilish ishlari uchun buyurtmachi oldida yaxlit tarzda mas’ul va javobgar hisoblanadi. Buyurtmachi shartnoma shartiga ko‘ra o‘z talablarini faqat bosh pudratchigaqo‘yadi. Bosh pudratchi, o‘z navbatida, tuzilgan subpudrat shartnomalariga ko‘ra talablarini subpudratchilar oldiga qo‘yadi. Aloliida ishlarni bajarish bo‘yicha subpudratchilar buyurtmachining o‘zi tomonidan tanlangan hollarda, odatda, bosh pudratchi subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun buyurtmachi oldida javobgar hisoblanmaydi. Ko‘p tomonlamali shartnomalarda mos ravishda bosh pudratchi va subpudratchilarning buyurtmachi bilan hisob-kitoblari ham turlicha belgilanishi hamda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, buyurtmachi bosh pudratchi vasubpudratchilarbilan hisob-kitoblanii alohida-alohida amalga oshirishi yoki subpudratchilar bilan bo‘ladigan barcha hisob-kitoblar faqat bosh pudratchi orqali bajarilishi mumkin. Bosh pudratchining subpudratchilar bilan hisob-kitoblari ularning yaxlit bir tizimga kirish yoki kirmasligiga ham bog‘liq. Yaxlit bir tizimni tashkil qiluvchi bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar o‘rtasida bajarib berilgan ishlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bosh pudratchida 6100 «Ajratilgan bo’linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalikjamiyatlarigato‘lanadigan schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda hisobga olinadi. Bir tizimni tashkil etmaydigan bosh pudratchi hamda subpudratchi tashkilotlar o‘rtasklagi o‘zaro hisob-kitoblarning hisobi bosh pudratchi tashkilotda 6010 «Ta’minotchilar vapudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida olibboriladi. Bosh pudratchi subpudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlarni «Bajarilgan ishlarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma» (KS-2 shakl) va «Bajarilgan ish qiymati va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» (KS- 3 shakl) asosida qabul qilib oladi. Ushbu hujjatlar asosida subpudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar bosh pudratchida quyidagi yozuvlar bilan tugallanmagan qurilish tannarxiga kiritiladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling