Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda qurilish tashkilotlarining nomoddiy aktivlarini, masalan qurilish bo‘yicha loyihalar, me’yor va tartiblar (standartlar to‘plarni), litsenziyalar va boshqalarni ijaraga berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schotining debetida va 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Dividendlar- bu qurilish tashkilotining aksiyalargakiritilgan moliyaviy investitsiyalari uchun hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashgaasos, o‘zga aksiyadorlikjamiyatlarining qurilish tashkilotiga dividend hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabamomasi hisoblanadi. Ushbu xabamomadajami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabamomada dividend solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan boisa, u holda ushbu soliqni dividend olgan qurilish tashkiloti toMashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar4840 “Olinadigan dividendlar” schotining debetida va9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda qurilish tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga bergan qarzlari vakreditlari uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlar summasi tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi. Foiz ko‘rinishida hisoblangan daromadlar 4830 “Olinadigan foizlar” schotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Valutalar kurslari farqidan daromadlar deganda qurilish tashkilotining valuta schotida saqlanayotgan chet el valutasi va chet el valutasidagi debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurslar farqi tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 5210 “Mamlakat ichidagi valuta schotlari”, 5220 “Chet eldagi valuta schotlari”, 4000 “Olinadigan schotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar” va boshqa chet el valutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar schotlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki e’ Ion qilgan kurslar asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurslar farqi yuqorida keltirilgan schotlarning debetida va 9540 “Valutalar kurslari farqidan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |