Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va ularning hisobi


Download 1.4 Mb.
bet58/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va ularning hisobi

Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra qurilish tashkilotlari tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra umumdavlat soliqlarini yoki ixchamlashtirilgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanadilar. Ixchamlashtirilgan yagona soliq rejimida faoliyat ko‘rsatishi uchun, birinchi bobda ta‘kidlanganidek, qurilish tashkilotlari kichik biznes sub’yektlariga kiritish mezonlari talablariga mos kel ishi lozim. Kichik biznes sub’yektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari umumdavlat soliqlarini to‘lovchilari sifatida ham faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadirlar.
Qurilish tashkilotlari to‘laydigan umumdavlat soliqlarini buxgalteriya hisobi obyekti sifatida turlicha tasniflash mumkin (7.1 -jadval).
7.1-jadval

t/r

Soliqning nomi

Budjet
turi

Bevosita / biivosita- ligi

To‘g‘ri/
egri
soliqligi

Olib boriladigan scliotlarining turi

1.

QQS

Respublika

Biivosita

Egri

Olinadigan schotlarni hisobga oluvchi schotlar

2.

Foyda solig‘i

Respublika

Bevosita

To‘g‘ri

Daromadning ishlat 11 ish in i hisobga oluvchi schotlari

3.

Mol-mulk
solig*i

Mahalliy

Bevosita

To‘g*ri

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar

4.

Yersolig'i

Mahalliy

Bevosita -

To'g'ri

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar

5.

Suv solig'i

Respublika

Bevosita

To'gri

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar

6

Infrastruk- turani rivojlanti- rish solig‘i

Mahalliy

Bevosita

To'g'ri

Daromadning ishlatili-shini hisobga oluvchi schotlar

7.

Dividend solig‘i

Respublika

Biivosita

Egri

Dividend bo'vicha hisob- kitoblarni hisobga oluvchi schotlar

8

Xodimlar
daromadidan
soliq

Respublika

Biivosita

Egri

Ish haq bo'yicha hisob- kitoblarni hisobga oluvchi schotlar


Iarningtavsifi


Qurilish tashkiloti to‘laydigan solic



Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qurilish tashkilotlari toMaydigan soliqlar bevosita va bilvosita yoki, mos ravishda, to‘g‘ri va egri soliqlarga, respublika budjetiga va mahalliy budjetga to‘lanadigan soliqlarga, olinadigan schotlar, xarajatlar, daromadlarni ishlatilishi hamda xodimlar va ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlarga olib boriladigan soliqlarga bo‘linadi.
Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo'jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevositata’sir ko‘rsatadigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar xarajatlarni ko‘paytirish yoki olingan daromadning bir qismini undirish hisobidanpirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini kamaytirishga olib keladigan soliqlar hisoblanadi. Davlatimiz soliq siyosati negizida bu soliq turlari yukini doimiy kamaytirib borish, ularning rag‘batlantirish rolini oshirish yotadi.
Bilvositalar soliqlar yoki egri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo'jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bahosi ustiga Budjet foydasi uchun qo‘yiladigan ustamalardir. Dividend va xodimlar daromadlaridan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar guruhiga kirishiga sabab shundaki, ular qurilish tashkilotlari xarajatlarini ko‘paytirish yoki olingan sof foydani kamaytirishga olib kelmaydi. Qurilish tashkilotlari dividend va xodimlar daromadidan soliqlarni budjetga o‘tkazib berishda beg‘araz xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida bevosita va bilvosita soliqlarni hisob-kitob qilish, ularni budjetga o‘tkazib berish respublikamiz Soliq kodeksida belgilangan umumiy tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Shu bilan birga qurilish ishlarining uzoq muddatlarda olib borilishi, ularni bosh pudratchi va subpudratchilar tomonidan o‘z kuchiari bilan hamda hamkorlikda bajarilishi, daromadning bosqichma-bosqich yoki yoppasiga topshirish usullaridan biri bo‘yicha tan olinishi, shuningdek boshqa jihatlar ayrim soliqlarning hisob-kitob qilinishida o‘ziga xos xususiyatlar borligidan darak beradi. Quyida qurilish tashkilotlarida QQS, daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovini hisob-kitob qilish hamda ularni hisobga olishdagi xususiyatlarga to‘xtalarniz.
QQS hisob-kitobi va hisobi. Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga

tushirish-sozlash kabi ishlarni bajaruvchi pudratchi tashkilotlarda QQS bo‘yicha soliq solish obyekti bo‘lib bajarilgan va buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob hujjatlariga kiritilgan ishlarning shartnomaviy narxlardagi qiymati hisoblanadi.
Qurilish ishlari pudratchi yoki subpudratchi tashkilotlar tomonidan pudratchi (subpudratchi) va buyurtmachilar taqdim etgan materiallar asosida bajarilganda, ushbu materiallarning qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi. Bunda qurilish ishlariga sarflangan moddiy resurslar bo‘yicha toMangan QQSning summasi ishni bajargan pudratchi tashkilotlarda budjet oldidagi to‘lovlarni kamaytirishga olib boriladi.
Pudratchi tashkilotlar subpudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir obyekt qurilishi doirasida sotganida, ularga QQSni kiritmasdan, qo‘llanadigan narx vatariflardan kelib chiqqan holda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
Markazlashtirilgan manbalar (budjet pul mablag‘lari, davlat budjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari), hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadigan obyektlarni “ipidan ignasigacha” qurish chog‘ida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va pudratchida QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi.
Tugallanmagan qurilish bo‘yicha xarajatlar pudratchida obyektni loyihada nazarda tutilgan ishlarning barcha hajmini bajarish, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlari, obyektni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash bo‘yicha foydalanishga topshirish dalolatnomasiga ko‘ra QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi kerak. Bunda, pudratchida tugallanmagan qurilish xarajatlari bo‘yicha kamaytirishga olib boriladigan QQSning summasi bo‘lib, ushbu xarajatlarni soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi chog‘ida schot-fakturalar bo‘yicha olingan soliq summasi hisoblanadi.
Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan va buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo‘yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:

  1. - usul. Soliqqatortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda:

Sqqs = Say xS/100 (1)
bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.

  1. -usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda: Sqqs = TqxS/(S + 100) (2)

bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan qurilish ishlari qiymati.
Misol: Bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining qiymati bajarilgan ishlar to ‘g ‘risida та ’lumotnoma-schot-faktura bo ‘yicha QQS bilan birgalikda 240 mln. so ‘m, deylik.
Ushbu misol bo'yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi va u 40 mln. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda bajarilgan qurilish ishining QQSsiz sotish qiymati 200 mln. so‘mdan (240 - 40) iborat bo‘ladi.
QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymalidan (1 )-formula bo‘yicha hisoblangandaham 40 mln. so‘mni (200 * 20%/100 %) tashkil etadi.
Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura»da alohida qatorda ko‘rsatiladi. QQS summasi buyurtmachilardan olinadigan schotlarning jami summasiga kiritiladi. Hisoblangan QQS summasigaquyidagichayozuv qilinadi:
Debet 4010 «Olinadigan schotlar»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz».
Pudratchi tashkilotlarda budjetga to‘lanadigan QQS summasi bajarilgan ishlarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda schot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yoii bilan topiladi.

  1. -son BHMSga muvofiq ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar- moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasi hisobot davri mobaynida

4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schotining debetida to‘pianadi. Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar», 6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, shuba va qaram xo‘jalikjamiyatlarigato‘lanadigan schotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» schotlari kreditlanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda taqdim etishlari lozim. Ushbu hisob-kitob asosida 4410 «Budj etga soliqlar vayig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schotining debetida to‘plangan summa kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling