Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Uzoq muddatli ijaradan daromadlar


Download 1.4 Mb.
bet56/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Uzoq muddatli ijaradan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” schotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar deganda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar qiymatini oshirish natij asida vuj udga kelgan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar qayta baholash dalolatnomalari asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlar”, 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlar”ning debetida va 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
Qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning tahl iliy hi sobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11 -s jurnal-orderda olib boriladi.
21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarning hisobi quyidagi schotlarda olib boriladi:

  • 9610 «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schotning debetida va 6920. Hisoblangan foizlar» schotining kreditida yil mobaynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar aks ettiriladi.

  • 9620 «Valutalar kurslari farqidan zararlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schotning debetida yil mobaynida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqdan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schotlarning (4010, 4310, 5020, 5210, 5220, 6010, 6310 va boshqa schotlar) kreditida aks ettiriladi.


  • Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling