Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga


Download 1.4 Mb.
bet52/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga ularning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini sotishdan foyda, undirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, qisqamuddatli ijaradan daromadlar, beg‘araz qaytarilmaydigan moliyaviy yordam, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabilar kiradi.
21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatidan olingan qo‘shimcha daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daiomadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda hisobga olinadi, chunonchi:

  • 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schotining kreditida o‘z asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti debetlanadi.

  • 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schotining kreditida materiallar, xo‘jalik inventarlari va nomoddiy aktivlarni sotishdan hamda boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schoti debetlanadi.

  • 9330 «Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schotining kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilishi natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarning qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag‘ lari», 5110 «Hisob- kitob schoti», 6710 «Mehnat haqi bo‘yichaxodim bilan hisoblashishlar», 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar» debetlanadi.


  • Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling