Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


«Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»


Download 1.4 Mb.
bet54/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» schotining kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks ettiruvchi schotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schoti», 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar schoti», 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schotlar” va boshqa schotlar debetlanadi.

  • 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schotining kreditida yuqorida keltirilgan schotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ vapul mablag‘larini aks ettiruvchi schotlar (0100,1000,2800,2900, 5000 va boshqalar) debetlanadi.

    Qurilish tashkilotlarida asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning tahliliy hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11 -s jurnal-ordyerda olib boriladi.

    1. Umumxo‘jalikfaoliyatidan foyda (Fux)yokizarar(Zux). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:

    Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf- Zmf,
    bu yerda: Fmf-moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
    Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar.
    21 -son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlar 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimidaochiladigan alohida schotlarda hisobga olinadi. Bu schotlarning kreditida moliyaviy faoliyatga doir daromadlar, ya’ni royalti, dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar, valutalar kurslari farqidan daromadlar, uzoq muddatli ijaradan daromadlar va qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi.

    Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   305




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling