Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar


Download 1.4 Mb.
bet61/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekin kelgusida chegirilib boriladigan xarajatlar deganda 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlar» schotda aks ettirilgan xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlar foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi.
Soliq bazasidan chcgiriladigan xarajatlar deganda Soliq Kodeksning 146-moddasiga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekin keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan qurilish tashkilotlari soliq bazasidan chegiriladigan xarajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig" i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatishga mo‘ljallangan jihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda qurilish tashkilotiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, xalqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablagMari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’i belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘ini undirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling