Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Dehqonchilik tarmog‘i sohalarida yetishtirilgan mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi farq


Download 1.4 Mb.
bet113/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Dehqonchilik tarmog‘i sohalarida yetishtirilgan mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi farq

Mahsulot

.Miqdori,

1 hirlik tannarxi,

so'lll

Summa,

Korr. Schotlar




s.

reja

haqiqat

farq (+,-)

so'in

Dt

Kt




Paxta

1500

38000

37000

-1000

-1500000

9110

2010




Don

2250

15500

14000

-500

-1125000

9110

2010




Don chiqiti

  1. sotilgan

  2. chorvaga

1000
800
200

7725

8000

+275

+275000
+220000
+55000

9110
2020

2010
2010




Somon

  1. sotilgan

  2. chorvaga

2300
300
2000

150

155

+5

+ 11500 + 1500 +10000

9110 2020

2010
2010




Pomidor

350

10000

11000

+1000

+350000

9110

2010




Piyoz

  1. sotilgan

  2. qoldiq

200
150
50

20000

20600

+600

+120000
+90000
+30000

9110
2810

2010
2010




Karam

250

5000

6000

+1000

+250000

9110

2010




Kartoshka

  1. sotilgan

  2. qoldiq

200
150
50

32000

33500

+ 1500

+300000
+225000
+75000

9110
2810

2010
2010




Sabzi

320

8000

8500

+500

+160000

9110

2010




hisob-kitobi


Ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus «Ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida hisobot»da (18-shakl) jamlanadi.
Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi:

  • «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»;

  • «Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».

12.4. Dexqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlash usullari
Dehqonchilik ishlab chiqarishida asosiy, yondosh va yordamchi mahsulot tushunchalari bir- biridan farqlanadi.
Asosiy mahsulot deganda qishloq xo'jaligining ixtisoslashgan sohasini yuritishda yetishtirilishi bosh maqsad qilib olingan mahsulot turi tushuniladi.
Yondosh mahsulot asosiy ekinlardan asosiy mahsulotlar bilan bir vaqtda olinadi va iste'mol xususiyatlariga ko‘ra asosiy mahsulotga o‘xshash mahsulotdir.
Yordamchi mahsulot - bu asosiy malisulot bilan bir vaqtda olinadigan, ammo xususiyatiga ko‘ra ikkinchi darajali mahsulot.
Dehqonchilikda har bir alohida qishloq xo‘jalik ekinidan olinadigan mahsulot turi kalkulyatsiya obyekti hisoblanadi. Bir ekindan ayni bir vaqtda turli xususiyatdagi mahsulot olinishi tufayli dehqonchilik mahsuloti tannarxini kalkulyatsiya qilishda bevosita va bilvosita usullardan foydalaniladi. Chunonchi, xarajatlarni mahsulot tannarxiga bevosita o‘tkazish usuli bir ekindan faqat bitta mahsulot turi olinadigan hollarda foydalaniladi. Bunda bir birlikning tannarxi mazkur ekinni yetishtirishga sarflangan jami xarajatlar summasini olingan mahsulot miqdoriga bo‘lish orqali topiladi. Ayrim qishloq xo‘jalik ekinlaridan turli mahsulotlar olinganda alohida mahsulot turlari birligi tannarxini aniqlashdajami xarajatlarni umumiy bo‘lgan belgilaridan birining miqdoriy qiymatiga mutanosib taqsimlash usuli qo‘llaniladi.
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash xususiyatlarini ularning ayrim turlari bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
Don ekinlari. Don ekinlarini ekish vayig‘ishtirish xarajatlari (donni xirmonda tozalash va quritish xarajatlari qo‘shilib) don, don chiqitlari va somonning tannarxini tashkil qiladi. Don va don chiqitlarning tannarxini aniqlash uchun, avvalambor, unga tegishli jami xarajatlarda somonning belgilangan qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar don va don chiqitlarining tannarxini tashkil etadi. Donning tannarxini aniqlash uchun don chiqitlari (laboratoriyada aniqlangan donning miqdoriga qarab) sof donga aylantiriladi. So‘ngra ularga tegishli jami xarajatlar shartli don miqdoriga bo’linib 1 sentner (s) donning tannarxi aniqlanadi. Yuqoridagi tartibga ko‘ra don bo‘yicha bir biriik (1s) mahsulotning haqiqiy tannarxi joriy hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha quyidagi formula asosida hisob- kitob qilinadi:
(Xj - To) - S rt
Th ,
(D + CHdm)
bu yerda:
Xj -jami xarajatlar (2012 schotning bosh qoldig‘i va debet aylanmasi summalari birgalikda olinganda);
To - yil oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
Srt - somonning reja qiymati;
D - donning miqdori (s.);
Ch.d.m. - chiqitning donga aylantirilgan miqdori (s.).
0‘z nabatida:
Ch x F
CHilm = ,
100 %
bu yerda: Ch - don chiqiti miqdori (ts.); F-chiqitdan don chiqish foizi.
Misol. Kuzgi bug'doy hosili yig'ishtirib va tozalab olingandan keyin 1000 s don, 200 s don chiqiti va 600 s somon olingan, deylik. Ushbu xosilni yetishtirish va xirmonda tozalash uchun 13600000 so'm sarflangan. Somonning me 'yoriy xarajatlar qiymati 600000 so'mni tashkil etadi. I s somonning tannarxi esa - (600000:600) 1000 so'mni tashkil etdi. U holda don va don chiqitiga tegishli xarajatlar 13000000 (13600000-600000) so 'mga teng.
Don chiqiti (cho’pi)ni donga о‘tkazish foizi-50 % desak, и holda donga aylantirilgan chiqit miqdori 100 ts (200*50 %),jami shartli don miqdori esa 1100 s (1000+100) ga teng.
1 s shartli donning tannarxi 11818 so'mni (13000000 : 1100) tashkil etadi.
Somon kabi jo‘xoripoya bargi, g‘o‘zapoya, kungaboqar tupguli, karam bargi, shox-shabba (tut) va boshqa yordamchi mahsulotlarning tannarxi ushbu mahsulotlarni yig‘ishtirish, presslash, tashish, g‘aramlash va tayyorlashga oid boshqa ishlar xarajatlari asosida belgilangan me’yorlar bo‘yicha ularga sarflangan xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Poliz ekinlari. Poliz ekinlari bo‘yicha xarajatlar umumiy holda olib borilganda ularning ayrim turlari bo‘yicha 1 s. hosilning tannarxi o‘stirish va hosilni yig‘ ishtirishga taalluqli barcha xarajatlarni mahsulot massasiga taqsimlab aniqlanadi. Bunda xarajatlar ayrim ekinlarga mahsulot realizatsiyasidan tushgan daromadga mutanosib taqsimlanadi. Chunonchi,

sabzavotchilik sohasida alohida mahsulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlar (Mx) har bir mahsulot sotish qiymatini jami sabzavotlarni sotishdan olingan sof tushumdagi hissasiga (Sx) qarab quyidagicha aniqlanadi:
Xj x Sx
Mx = ,
100%
o‘z navbatida:
C iri
Sx = x 100 %
Sjm
bu yerda:
Xj -jami xarajatlar;
Cm - har bir mahsulot bo‘yicha sotish hajmi;
Sjm-jami mahsulotlar bo‘yicha sotish xajmi.
Sabzavotchilik sohasiga sarflangan xaraj atlarni yyetishtirilgan mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash tartibi misol tariqasida 12.4-jadvalda keltirilgan.
12.4-jadval
Sabzavotchilik sohasi xarajatlarini mahsulotlar o‘rtasida

taqsimoti

Mahsulot
turi

Ilosil,
s

1 s.
sotish
bahosi,
so'm

Sotish
qiymati,
so'm

Ilissasi,
%

Xarajat
summasi,
so'm

1 birlik
mahsulot
tannarxi,
so'm

1

2

3

4

5

6

7

Pomidor

100

15000

1500000

9,1

1228550

12285

Pivoz

150

20000

3000000

18,3

2470610

16470

Karam

120

8000

960000

5,8

783035

6525

Kartoslika

200

45000

9000000

54.7

7384830

36924

Sabzi

110

18000

1980000

12.1

1633575

14850

Jami







16440000

100,0

13500600




Izoh: a) 6-ustunda har bir mahsulot turlariga to‘g‘ri keladigan xarajatlar ularning sotish hajmini jami mahsulot sotishdagi hissasini (5-ustun) barcha mahsulot turlariga qilingan jami xarajatlar summasiga (6-ustunning jami summasiga) ko'paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali topiladi; b) 7-ustunq 6-ustun / 2-ustun.
Makkajo‘xori. 1 se. makkajo‘xori donining tannarxini hisoblashda don qabul qilish punktlarida sutkalik o‘rtacha namunalarni sutkadagi donning bazis namligini (makkajo‘xori sutkasidagi donning bazis namligi 22 foiz koiamida qabul qilingan) hisobga olib yanchish natijasida aniqlangan so‘talardan quruq donga o‘tkazish xo‘jalikning davlatga sotgan makkajo‘xori so‘talaridan bazis namlikdagi don chiqishining o‘rtacha foizidan aniqlanadi. Bu foiz qabul qilingan don nakladnoylari registrlarining



ma’lumotlaridan olinadi. 1 s makkajo‘xori donining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarini jo‘xoripoyalarini yig'ishlirish sarllari va qiymatini istisno qilib, don massasiga taqsimlab aniqlanadi.
Paxta. 1 s paxtaning tannarxi uni yetishtirish va yig‘ ishtirish (g‘o‘zapoya bundan mustasno) xarajatlari summasini uning hisobga olingan (konditsiya) miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Paxtaning tannarxi alohida navlar bo‘yicha aniqlanganda xarajatlarning umumiy summasi uning xarid narxlarining qiymatiga mutanosib taqsimlanadi.
Lavlagi. 1 slavlagi ildiz mevasining ishlab chiqarish tannarxi (fabrikada ishlatiladigan va tug‘anagi) ularni qand lavlagining (foydalaniladigan bargining qiymati xarajatlardan chegirib tashlangach) fizik massasiga bo‘lib aniqlanadi.
Tamaki. Tamaki va moxorka xomashyosining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi va xomashyoning hisobga olingan massasidan kelib chiqib, xarajatlarni mahsulotning alohida turlariga ularning xarid baholaridagi qiymatiga mutanosib taqsimlab aniqlanadi. Urug‘chilikda 1 s tamaki, moxorka xomashyosi, urug‘ning tannarxi muayyan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli summasi va xomashyo, urug‘ning hisobga olingan massasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Kartoshka. 1 s kartoshkaning tannarxi kartoshkani yetishtirishga taalluqli barcha xarajatlarni palak qiymatini chegirib, kartoshka hosiliga taqsimlab aniqlanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling