Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


*mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari


Download 1.4 Mb.
bet132/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

*mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari - guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasida mehnat himoyasi va texnika xavfsizligini ta' minlashga qaratilgan tadbirlarga sarflanadigan xarajatlar kiritiladi;
*xo‘jalik inventarlari va buyumlariga doir xarajatlar-guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasi xodimlariga berilgan maxsus kiyimlar, poyafzal, inventarlar, ishlatilgan vetpriborlar, dori-darmonlar va boshqa xo‘jalik buyumlari qiymati kiritiladi;
*asosiy vositalar amortizatsiyasi va ularni saqlash xarajatlari»

  • guruhga umumishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya ajratmalari, ularni saqlash, ta’mirlash, bino va inshootlarni isitish, yoritish, tozalash xarajatlari kiritiladi;

*dala shiyponlarini saqlash va ishchilarni ovqatlantirish xarajatlari» - guruhga dehqonchilik tannog‘igamo‘ljallangandalalarda joylashgan shiyponlar, palatkalar, vaqtinchalik notitul inshoatlarni saqlash, ulardagi asosiy vositalarga qilingan amortizatsiya ajratmalari, joriy va kapital ta’mirlash, ishchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash xarajatlari kiritiladi;
*boshqa umumishlab chiqarish xarajatlari - umumxo‘jalik maqsadidagi asosiy vositalarni ijaraga olish, ularni sug‘urta qilish, o‘simliklar va mollarni karantin qilish va boshqa umumishlab chiqarishga doir tadbirlarga sarflangan xarajatlar kiritiladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qishloq xo‘jaligi ko'rxonasining ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlari har oyda «Umumishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidahisobot» (18v-shakl) tuzadilar va uni buxgalteriyaga topshiradilar. Ushbu hisobotda belgilangan moddalar kesimida hisobot oyida va yil boshidan boshlab qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Yil boshidan boshlab qilingan jami xarajatlar summasi hisobotning oldingi davr va hisobot oyi ma’lumotlarini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida yuritiladi. Hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu schotlar tizimida quyidagi schotlarni ochishlari mumkin: 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari». Ushbu aktiv schotlarning debetida nomlari yuqorida zikr etilgan moddalar bo‘yicha haqiqatda sarflangan xarajatlar to‘planadi. Bu schotlarning kreditida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Agar umumishlab chiqarish xarajatlari hisobini hisobot davrlari (oy, chorak, yil) mobaynida reja tannarxda yuritilsa, u holda 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari». 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining kreditida xarajatlar taqsimoti reja tannarxida hisobdan chiqarib boriladi va yilning oxirida haqiqiy xarajatlar aniq bo'lgach, kalkulyatsiya farqi «qizil yozuv» yoki «qo‘shimcha yozuv» usullariga muvofiq ushbu schotlarning kreditida aks ettiriladi.
2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining tahliliy hisobi qishloq xo‘jaligi korxonasi tarmoqlarining tarkibiy bo’linmalari (brigadalar, fennalar) bo‘yicha 10 g va 10 d qaydnomalarda yuriti ladi. U shbu qaydnomalarga yozuvlar tarkibiy bo' 1 inmalar tomonidan taqdim etilgan «Umumishlab chiqarish xarajatlari lo‘g‘risidahisobot>>(18v-shakl)ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu schotlarning kreditida bo‘ linmalar bo‘yicha aks ettirilgan ma’ lumotlar 10/2 jurnal-orderga o‘tkaziladi.
2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «Chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schotlarining debetida yuqorida keltirilgan xarajat moddalariga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida quyidigi yozuvlar qilinadi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling