Qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xara jatlarining hisobi va ularning taqsimlanishi
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari deganda ularning ishlab chiqarish tannoqlari va sohalariga umumiy holda tegishli bo‘lgan hamda u yoki bu mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, balki ularning tannarxiga bilvosita, ya'ni taqsimlash yoii bilan olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Odatda, qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini boshqarish, bir vaqtning o‘zida turli tarmoq va sohalarga xizmat ko‘rsatuvchi bo’linmalar xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari va ularning turli sohalariga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalari bo‘yicha guruhlanadi:
*asosiy va qo‘shimcha ish haqi xarajatlari-guruhgadehqonchilik va chorvachilik sohasi mutaxassislari, xodimlari va ishchilariga, chunonchi, agranomlar, zootexniklar, vetvrach, vettexniklar, laboratoriya mudiri va xodimlari, brigadirlar, ferma mudirlari, hisobchilar, qorovullar va shu kabi boshqa umumishlab chiqarish maqsadidagi xodimlarga hisoblangan mehnat haqlari kiritiladi;
*ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar - guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasi mutaxassislari, xodimlari va ishchilariga, chunonchi, agranomlar, zootexniklar, vetvrach, vettexniklar, laboratoriya mudiri va xodimlari, brigadirlar, ferma mudirlari, hisobchilar, qorovullar va shu kabi boshqa umumishlab chiqarish maqsadidagi xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan ijtimoiy sug‘urtaga qilingan ajratmalar kiritiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |