Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
bepul berilgan mahsulotlar qiymatiga
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotish xarajatlariga
- Debet
bepul berilgan mahsulotlar qiymatiga;
Debet 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar»; Kredit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar». bepul berilgan mahsulotlar bo'yicha qarzning hisobdan chiqarilishiga: Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar». Sotish tannarxining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida sotilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxining hisobi 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot yili davomida ushbu schotning debetida sotilgan mahsulotlar reja tannarxi bo'yicha quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»; Kredit 2810 «Tayyor mahsulotlar». Hisobot yili oxirida barcha haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari aniqlangach, sotilgan hamda omborlarda sotilmasdan qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schotining debetida aks ettirilgan sotilgan mahsulotlarning reja tannarxidagi qiymati qo'shimcha yozuv yoki «stomo» usullari bo'yicha haqiqiy tannarxidagi qiymatiga yetkaziladi. Bunda, chunonchi, reja tannarx haqiqiy tannarxdan katta bo'lsa, u holda «stomo» yoki «qizil yozuv» usulida Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yozuvi beriladi. Reja tannarx haqiqiy tannarxdan kichik bo'lsa, u holda «qo'shimchayozuv» usulida Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yozuvi beriladi. Davr xarajatlarining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi singari davr xaraj atlari asosan uchta guruhga bo' linadi: sotish xarajatlari; (2) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; (3) boshqa operasion xarajatlar. Davr xarajatlarining tarkibi va ularning hisobini yuritishda qishloq xo'jaligi korxonalari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»ga va 21 -son BHMS «Xo'jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo'llash bo'yichayo'riqnoma»ga amal qilishlari lozim. Sotish xarajatlariga qishloq xo'jaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bilan bog'liq barcha turdagi xarajatlar, chunonchi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarka va ко'rgazmalarini tashkil etishga, ularni reklama qilishga, kontraktlarni tuzishga, omborxonalarni saqlashga, sotish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga mehnat haqi va ijtimoiy to‘lovlarga sarflangan hamda shu kabi boshqa xarajatlar kiradi. Sotish xarajatlari hisobi 9410 «Sotish xarajatlari» schotida olib boriladi. Buschotning debetida yuqorida keltirilgan barcha turdagi xarajatlar to' planadi, bunda 0200, 1000, 6010, 6990, 6710, 6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9410 «Sotish xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni uning debetida to‘plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9410 «Sotish xarajatlari» yozuvi beriladi. Mu ’muriy-boshquruvxarajatlariga qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqaruv apparatini saq'ashga doir xarajatlar, chunonchi, boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy to’lov, amortizatsiya ajratmalari, xizmat safarlari, gazeta va jurnallarga obuna, kanselyariya tovarlari va boshqa shu kabi xarajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining hisobi 9420 «Boshqaruv xarajatlari» schotida olib boriladi. Bu schotning debetida yuqorida keltirilgan barcha turdagi xarajatlar to‘planadi, bunda 0200,1000.6010,6970,6990,6710,6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9420 «Boshqaruv xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni uning debetida to‘plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9420 «Boshqaruv xarajatlari» yozuvi beriladi. Boshqa operasion xarajatlarga qishloq xo‘jaligi korxonalarining turli xayriya sifatida berilgan mulkini hisobdan chiqarilishi, to‘langan penya vajarimalar. ko'rsatilgan moddiy yordamlar, bank xizmatlari uchun to‘lovlar, auditorlik tekshiruvlari va turli konsalting xizmatlari uchun to‘lovlar, sotish hajmiga nisbatan pensiya fondiga, maktab ta’limini rivojlantirish fondiga va avtoyo‘l fondiga majburiy ajratmalar, sud xarajatlari, voz kechilgan debitorlik qarzlari va shu kabi boshqa xarajatlar kiradi. Boshqa operasion xarajatlari hisobi 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schotida olib bori ladi. Bu schotning debetida yuqorida keltirilgan barcha turdagi xarajatlar to‘planadi, bunda 0200, 1000,4010, 5010, 5110, 6010, 6970, 6990, 6710, 6520 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9430 «Boshqa operasion xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni uning debetida to‘plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» yozuvi beriladi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi. Qishloq xo'jaligi koixonalaridaasosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarga asosiy vositalar va boshqa aktivlar (nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, materiallar)ni sotishdan olingan foyda, joriy ijaradan olingan foyda, xizmat ko'rsatuvchi bo‘ linmalardan tushumlar, voz kechilgan kreditorlik qarzlar, beg‘araz olingan moliyaviy yordam, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar va boshqa shu kabi qo‘shimcha daromadlar kiradi. Ushbu turdagi daromadlarning hisobi 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlarning kreditida olib boriladi. Bunda 1000, 4800, 5010, 5110, 6010, 6900, 9210, 9220 va boshqa aniq daromad]ami ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobot yili oxirida 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schoti yopiladi. ya’ni uning kreditida to‘plangan summaga Debet 9300«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarga dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar, uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar, xorijiy valutada ifodalangan balans moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari (tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) kiradi. Bu turdagi daromadlarning hisobi 9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlarning kreditida olib boriladi. Bunda 4010,4800,5020,5200 va boshqa aniq daromadlarni ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobot yili oxirida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» schoti yopiladi, ya’ni uning kreditida to‘plangan summaga Debet 9500«Moliyaviy faoliyat olingan daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarning hisobi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga olingan kredit va qarzlar uchun to‘ langan foizlar, uzoq muddatli i jara bo'yicha foiz to‘lovlari, qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga doir xarajatlar, xorijiy valutada ifodalangan balans moddalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari (tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) kiradi. Bu turdagi xarajatlarning hisobi 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlarning debetida olib boriladi. Bunda 5200, 6010, 6900 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» schoti yopiladi, ya’ni uning debetidato‘plangan summaga Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» yozuvi beriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling