Soliqgacha foyda yoki zararlar (Fst) yoki ( Zst)
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff -Fz
bu yerda:
Fd -favquloddagi foyda;
Fz - favquloddagi zararlar
Soffoyda yoki sof qoplanmagan zararlar (Sf) yoki (Sz)
Sf (Sz) = Fst (Zst) -Ds
Bu yerda: Ds - foydadan olinadigan soliqlar - foyda solig'i, infratuzilmani rivojlantirish solig'i, yagona soliq (boshqa faoliyat turlari bilan
shug‘ullanuvchi qishloq xo'jaligi korxonalari uchun).
Yakuniy moliyaviy natijalarni ifodalovc'hi foyda (zarar) ko'rsatkichlarining yig'ma hisobi 9910 «Moliyaviy natija» schotida yuritiladi. Ushbu schotning kreditida barcha turdagi daromadlar, kreditida esa sotish tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar, favquloddagi zararlar hamda foydaning ishlatilishi aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida bu schotning kredit va debet aylanmalari summasini o‘zaro taqqoslash asosida yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. Agar kredit aylanma summasi debet aylanma summasidan katta bo'lsa, bu hisobot davrida olingan sof foydani, agar kredit aylanma summasi debet aylanma summasidan kichik bo'lsa, bu hisobot davrida ko'rilgan jami zararni bildiradi. Hisobot davrida olingan sof foydaning yopilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 9910 «Moliyaviy natija»;
Kredit 8710 «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)».
Hisobot davrida ko'rilgan jami zararning yopilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |