Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet188/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

sotish qiymatiga (QQSsiz)

Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  1. QQS summasiga

Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kredit 6410 «Budjetga to‘ lovlar bo‘yicha qarzlar».
v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»;
Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i».
g) sotishdan olingan foyda summasiga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»;
Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda». d) sotishdan ко ‘rilgan zarar summasiga Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  1. Yoqilg‘i bepul (beg‘araz) berilganda:

  1. kelishuv qiymatiga (QQSsiz)

Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  1. QQS summasiga

Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»;
Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i».
g) bepul berishdan ко ‘rilgan zarar summasiga
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar».

  1. Yoqilg‘i ta’sis badali sifatida kiritilganda:

  1. kelishuv qiymatiga (QQSsiz)

Debet 0600 «Uzoq muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schotlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  1. QQS summasiga

Debet 0600 «Uzoq muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi schotlar»; Kredit 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilg‘ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»;
Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i».
g) ta ’sis badali sifatida kiritishdan olingan foyda summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»;
Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda».

  1. ta ’sis badali sifatida kiritishdan ко ‘rilgan zarar summasiga Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;

Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan yoqilg‘ i - moylash materiallari sarfi buxgalteriyada haydovchilarning yo‘l varaqalari asosida har bir ATV bo‘yicha uning tipi, markasi, bosib o‘tgan yoii, tashilgan yuk miqdori, shuningdek har 100 km masofaga yoqilg‘i sarfining belgilangan asosiy me’yorlarigako‘ra aniqlanadi. Yoqilg‘ining ushbu maqsadlarda ishlatilishi va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilish tartibiga keyingi bobda alohida to‘xtalarniz.

  1. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlarning hisobi

Avtomobillar uchunjudako‘p turdagi ehtiyot qismlar ishlatiladi. Ularni turli belgilari, masalan, nomlari, markalari, modeli, turganjoyi, kelib tushish manbalari, ishchi holati, yaroqlilik darajasi, xizmat muddatlari hamda boshqa jihatlari bo'yicha tasniflash mumkin. Ehtiyot qismlarning ushbu belgilari bo‘yicha tavsifi, odatda, avtotransport korxonalarida qo‘llaniladigan «Ehtiyot qismlar klassifikatori»da keltiriladi.
Turgan joyiga ko‘ra ehtiyot qismlar ombordagi va foydalanishdagi ehtiyot qismlarga bo‘linadi.
Ombordagi ehtiyot qismlar, o‘z navbatida, yaroqlilik darajasiga ko(ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • yangi ehtiyot qismlar;

  • oldin foydalanishda bo‘lgan, lekin yaroqli holdagi ehtiyot qismlar;

  • foydalanishga yaroqsiz ehtiyot qismlar.

Avtotransport korxonalari yangi ehtiyot qismlarni turli korxonalardan, masalan, ularni bevosita ishlab chiqaruvchi, ta’minot-sotuvchi korxonalardan tuzilgan shartnomalar asosida sotib oladilar. Shuningdek, ular boshqa yuridik vajismoniy shaxslardan beg‘araz olinishi, hisobdor shaxslar hamda haydovchilar tomonidan naqd pulga sotib olinishi, ta’sischilar tomonidan kiritilishi ham mumkin.
Kelib tushgan yangi ehtiyot qismlar avtotransport korxonalarining omborlariga sotib olish qiymati (tannarxi) bo‘yicha kirim qilinadi.
01dinfoydalanishdabo‘lgan, lekin yaroqli holdagi ehtiyot qismlar, odatda, ATVlarni tugatishdan, qayta jihozlashdan va modernizatsiyasidan keyin omborlarga komissiya tomonidan baholangan qiymatlarda kirim qilinadi.
ATVlarni tugatish, ta’mirlash, modernizatsiya qilishda yaroqsiz deb topilgan ehtiyot qismlar omborlarga metallolom sifatida bahosiz kirim qilinadi.
Omborlarda kirim qilingan ehtiyot qismlarning hisobi «Ombor hisobi kartochkasi» yoki «Ombor hisobi kitobi»da soniy ko‘rinishda yuritiladi. Ombor hisobi kartochkasi ehtiyot qismlarning har bir turi, ularning kirim baholari bo‘yicha ochiladi. Ombor hisobi kitobida ehtiyot qismlarning har bir turiga, kirim baholariga qarab alohida varaqlar ajratiladi.
Ehtiyot qismlar avtotransport korxonalarida ATVlarning joriy va kapital ta’mirlanishiga, shuningdek ularni qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilinishi ga ishlatiladi. Ehtiyot qismlar omborlardan bunday maqsadlarda ustaxonalarga, sexlarga, garajlarga avtotransport korxonasi rahbari (bosh injeneri)ning ruxsati bilan beriladi. Ushbu operatsiyalar ikki nusxada talabnomalar, ichki nakladnoylar, limit-zabor varaqalari bilan rasmiylashtiriladi. Ehtiyot qismlarning ATVlarga qo‘yilishi, ta’mirlashga, modernizatsiya va qayta j ihozlash ishlariga sarflanishi tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ehtiyot qismlarning avtotransport korxonasidan chetga chiqib ketishi, masalan, zarurat yuzasidan sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu mazmundagi operatsiyalar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
Avtotransport korxonalarida moddiy javobgar shaxslar (ombor mudirlari, ustaxona boshliqlari, garaj mudiri) o‘zlarining moddiy javobgarligidagi ehtiyot qismlar bo‘yicha hisob siyosatida belgilab qo‘yilgan muddatlarda ularning holati va harakati to‘g‘risida ikki nusxada hisobot tuzadi. Hisobotning birinchi nusxasi barcha boshlang‘ich hujjatlar bilan birgalikda buxgalteriyaga topshiriladi. Uning qabul qilib olinganligi to‘g‘risida buxgalter tomonidan imzolangan ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsga qaytariladi.
Avtotransport korxonalari amaliyotida ehtiyot qismlar holati va harakati to‘g‘risida hisobotni soniy ko‘rinishda tuzish usuli keng qo‘llaniladi. Ushbu usulda moddiy javobgar shaxslar hisobotda ehtiyot qismlar holati va harakatini faqat soniy ko‘rinishda aks ettiradi. Buxgalteriyada moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari asosida ehtiyot qismlarning holati va harakati bo‘yicha soniy-summaviy ko‘rinishda aylanma qaydnomalar tuziladi. Ushbu aylanma qaydnomalar ehtiyot qismlar bo‘yicha tahliliy hisob registrlari hisoblanadi.
Avtotransport korxonalarida ombordagi ehtiyot qismlarning sintetik hisobi 1040 «Ehtiyot qismlar» schotida yuritiladi. Ehtiyot qismlarning omborlarga kirimi, shuningdek ularning omborlardan foydalanishga berilishi,

sotilishi va boshqa chiqimlari ushbu schotda quyidagicha aks ettiriladi (19.1 -jadvalga qarang).
19.1-jadval

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling