Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar». ATV haydovchilariga hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan majburiy ajratma summasiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlan>.
Yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan barcha turdagi mehnat haqi summalari buxgalteriya hisobida mos ravishda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
Kredit 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar».
Mos ravishda ushbu xodimlarga hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan majburiy ajratma summasiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari.
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Yordamchi ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xarajatlariga olib borilgan mehnat haqi hamda ijtimoiy sug‘urtaga majburiy to‘lovlarning bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilishiga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;.
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».
Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxga kiritiladigan mehnatga haq toiash xarajatlarining tahliliy hisobi avtotransport korxonalarining alohida olinganjavobgaiiik markazlari (garaj, ustaxona, AY OQSH, yuvish kompleksi va boshqalar) bo‘yicha 10 jurnal-orderda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |