Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit 1031
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
- 20.2-jadval Avtoshinalar qiymatini bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritish hisob-kitobi
- Debet
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg'i». Hisobot davrida haydovchilarjavobgarligidagiyoqilg'iningme’yordan ortiq yoki kam sartlanganligi quyidagi tartibda hisob-kitob qilinadi (20.1 -jadval). Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg'ining hisobot davri oxiridagi haqiqiy miqdori ATVlar bakidagi yoqilg'ini inventarizatsiya qilish yo'li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya varaqalarida aks ettirilgan qoldiqni (jadvalning 9-ustunchasi ma’lumotlari) yoqilg' ining me’yoriy sarflar hisobdan chiqarib topilgan qoldig'I (jadvalning 8-ustunchasi ma’lumotlari) bilan taqqoslash asosida yoqilg'i bo'yicha erishilgan tejam yoki me’yordan ortiq sarflar aniqlanadi. Chunonchi, yoqilg‘ining haqiqiy qoldig‘ini me’yoriy sarflar asosida topilgan qoldiqdan kam bo'lishi yoqilg'i bo‘yicha ortiqcha sarflargayo'l qo'yilganlikni, aksincha holat esa ular bo'yicha tejamkorlikka erishilganlikni bildiradi. 20.1-jadval Avtotransport vositalari bo‘yicha yoqilg‘i sarfini belgilangan me’yordan chetlanishlarining hisob-kitobi (litrda)
Haydovchilar tomonidan yoqilg'i sarfi bo'yicha yo‘l qo'yilgan me’yordan ortiqchalar kamomad sifatida tan olinadi va mos ravishda hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 5910 «Kamomad va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo'qotishlar»; Kredit 1031 «Haydovchilar javobgarligidagi yoqilg'i». Ushbu kamomad aybdor shaxs, ya’ni ATV haydovchisi bo'yniga qo'yilganda: Debet 4730 «Xodimlarning moddiy zarami qoplash bo'yicha qarzlari»; Kredit 5910 «Kamomad va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo'qotishlar». Yoqilg'ining me'yordan ortiq sarfi korxona hisobidan qoplanganda: Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 5910 «Kamomad va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo'qotishlar». Haydovchilar tomonidan yoqilg'i sarfi bo'yicha tejamkorlikka erishilganda tejalgan yoqilg'i summasiga qizil yozuv bilan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi beriladi: Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg‘i». Ushbu yozuv ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)Iar tannarxini yoqilg‘i tejami evaziga kamayganligini, shuningdek tejalgan yoqilg‘ining haydovchi javobgarligida qolganligini bildiradi. Ehtiyot qismlar sarfining hisobi Avtotransport korxonalarida ATVlarga o‘matilgan ehtiyot qismlar qiymatini baj arilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritish ikkita usulda amalga oshiriladi: (1) usul - bu ehtiyot qismlar qiymatini ular ATVlarga o‘matilganda foydali xizmat muddati mobaynida tannarxga bir maromda yoki bajarilgan ish hajmiga qarab kiritib borish usuli; (2) usul -ehtiyot qismlar qiymatini ular ATVlaigao‘matilganda tannarxga to‘lig‘icha kiritish usuli. Birinchi usul ATVlarga o‘rnatiladigan yangi avtoshinalar va akkumulyatorlar qiymatini bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lar tannarxiga kiritishda qo‘llaniladi. Ikkinchi usul qolgan ehtiyot qismlar qiymatini bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritishda ishlatiladi. ATVlarga o‘matilgan avtoshinalar qiymatini bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchidan, o’rnatish dalolatnomasiga muvofiq ATVgao‘matilgan avtoshinalar qiymati topib olinadi. Ikkinchidan, yo‘l varaqalari hamda avtoshinalar ish faoliyati hisobi kartochkalari asosida ATVlar tomonidan o‘matilgan yangi avtoshinalarda bosib o‘tilganmasofaning uzunligi aniqlanadi. Uchinchidan, o‘matilgan yangi avtoshinalar bo‘yicha ular qiymatining bir biriik ishga to‘g‘ri keladigan me’yori topiladi. Bunday me’yor avtoshinalar qiymatining 1 km bosib o‘tilgan masofaga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha summasi hisoblanadi. Ushbu o‘rtacha summa o‘matilgan avtoshinalar qiymatini ular bo‘yicha ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilanganyo‘l bosib o‘tish me’yoriga boiishorqali topiladi. To‘rtinchidan, har oyda ATV tomonidan bosib o‘tilgan masofani 1 km bosib o‘tilgan masofaga to‘g‘ri keladigan summaga (me’yorga) ko‘paytirish orqali o‘matilgan avtoshinalarning bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxigakiritiladigan summasi topiladi. Misol. Aytaylik, 2007-yil 1-may kuni M-50 «() 'zotoyo 4» avtobusiga har birining kirim bahosi 110 ming so ‘mlik jami qiymati 440 ming so ‘mlik to ‘rtta balon о ‘rnatildi. Balonlarning zavod tomonidan belgilangan masofa о ‘tish me ’yori 55 ming km. DemaJc, ularning 1 km masofani bosib bosib о ‘tishida hisobdan chiqariladigan о ‘rtacha qiymati 8 so ‘m (440000/55000). Avlobusningyo 7 varaqalari bo ‘yicha bosib о ‘tganyo ‘li oylar bo 'yicha quyidagicha: may - 6000 km; iyun - 6200 km; iyul - 5500 km; avgust - 6400 km; sentabr- 7000 km. Avtoshinalar qiymatini har oyda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga bajarilgan ish hajmiga, ya’ni bosib o‘tgan yo‘liga ko‘ra hisobdan chiqarib borilishi quyidagicha hisob-kitob qilinadi (20.2-jadvalga qarang). ATVlarga o‘matilgan yangi avtoshinalarning har oyda hisobdan chiqarib boriladigan va bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritib boriladigan qiymati buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 20.2-jadval Avtoshinalar qiymatini bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritish hisob-kitobi
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari». Ushbu buxgplteriyayozuvi avtoshinalarning belgilangan xizmatmuddatito‘liq tugagungaqadarberib boriladi. Avtoshinalarning xizmatmuddatitugagan hisobot davrida (oyda) ularning 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schotida hisobda turgan summasi nolga aylanadi vamos ravishda ushbu schot yopiladi. Avtoshinalar belgilangan xizmat muddatidan keyingi davrda foydalanishga yaroqli bo‘lganligi uchun ishlatilsa, u holda ular bo'yicha bajarilgan ish (ko'rsatiIgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan summa mavjud bo'lmaydi. Agar, avtoshinalar xizmat muddatidan keyin restavrasiya qilingan holda ishlatilsa, u holda ularning restavrasiya qiymati keyingi belgilangan xizmat muddati mobaynida yuqorida keltirilgan tartibda bajarilgan ish (ko'rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritib boriladi. ATVlarga o‘rnatilgan yangi akkumulyatorlarning har oyda hisobdan chiqarib boriladigan summasi ularning sotib olish qiymatini belgilangan foydali xizmat oylari soniga boiish orqali topiladi. Akkumulyatorlarning xizmat muddati ularning markalari bo‘yicha tayyorlovchi zavod tomonidan belgilanadi. Misol uchun, M-24.9 «O‘zotoyo‘1» avtobuslariga o‘rnatiladigan 2x2V-88 markali akkumulyatorlarning foydali xizmat muddati ularni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan 24 oy miqdorida belgilangan. Misol uchun, aytaylik, ushbu akkumulyatorlarning sotib olish qiymati 120 ming so‘m. Demak, bu akkumulyator AT Vga o‘matilganda, uning har oyda hisobdan chiqarib boriladigan va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan qiymati 5000 so‘mni (120000/24) tashkil qiladi. ATVlarga o‘matilgan akkumulyatorlar xuddi avtoshinalar singari o‘rnatilgan sanadan boshlab 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schotida hisobga olinadi. Ularning har oyda hisobdan chiqarib boriladigan va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan qiymatiga quyidagi yozuv beriladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling