Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 1.4 Mb.
bet23/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Yordamchi materiallar deganda qurilish ishlarida bosh rolni o‘ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida qo‘ shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi. Bunday materiallar, masalan, pegmentlar, sinka, to‘l, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘rov materiallari va shu kabilar hisoblanadi.
Ko‘rinishi,jismi va nomlanishiga ко‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarni ko‘plab turlarga aj ratish mumkin, masalan, temir vayog‘och materiallari, shisha materiallar, suyuq vaqattiqjismli materiallar va boshqalar.
Saqlash iisuliga ko‘ra qurilish tashkilotlarida materiallarni ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan materiallarga boiish mumkin. Masalan, g‘isht, temir, truba, tosh va shu kabi materiallar ochiq ko‘rinish
Saqlash muddatiga ko‘ra qurilish materiallari muddati chegaralangan vamuddati chegaralanmagan turlarga bo‘linadi. Masalan, sement, ohaq, gips, bo‘yoqlar va shu kabi ayrim materiallar ma’lum muddatlardan keyin o‘z sifatini yo‘qotadi. Shu bois ular belgilangan muddatgacha saqlanishi lozim. Ko‘pchilik qurilish materiallari o‘z sifatini uzoq muddatlarda yo‘qotmaydi, masalan marmar, granit, temir-tersaklar, yog‘och, bolar va shu kabilar. Biroq, moddiy javobgar shaxslar ushbu materiallarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, masalan zanglash, eroziya, qurib qolish, namiqish, shishib ketish, yorilish kabi salbiy holatlargayoi qo‘ymasliklari loam
Kirnga tegishliliga ко‘ra qurilish ishlarida ishlalilayotgan materiallarni pudratchi qurilish tashkilotning va buyurtmachi tashkilotning materiallariga boiish mumkin. Birinchi turdagi materiallar asosida bajarilgan ishlar pudratchi tashkilotning o‘z materiallari asosida bajarilgan hisoblansa, ikkinchi turdagi ishlar esa buyurtmachilar materiallari asosida bajarilgan ishlar hisoblanadi. Har ikkala holatda ham sarflangan materiallar qurilish obyektining qiymatiga (tannarxiga) kiritiladi. Agar qurilish ishlari buyurtmachilarning bergan materiallari asosida bajarilgan boisa, u holda ularning qiymati o‘zaro hisob-kitoblar summasigakiritilmaydi.
Ishlab chiqilganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar o‘zi ishlab chiqqan va o‘zi ishlab chiqmagan materiallarga boiinadi. Chunonchi, qurilish tashkilotining yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan va qurilish obyektlarida ishlatilgan g‘isht, blok, eshik, ramka, turli moslama va konstruksiyalar o‘z ishlab chiqarishidan olingan qurilish materiallari hisoblanadi. Sotib olingan, buyurtmachilardan, ta’sischilardan va boshqa tashqi shaxslardan kelib tushgan materiallar o‘zi ishlab chiqmagan materiallar hisoblanadi.
Vujudga keltirgan mamlakatiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar mahalliy materiallar va xorijdan keltirilgan materiallarga bo‘linadi.
Materiallar hisobini to‘g‘riyuritishningmuhim shartlaridanbiri bo‘lib ular qiymatini to‘g‘ri baholash hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga muvofiq qurilish tashkilotlarida materiallarning hisob bahosi bo‘lib ularning tannarxi hisoblanadi. Qurilish materiallarining tannarxi ularning kelib tushish manbasiga ko‘ra turli elementlardan tashkil topadi. Chunonchi, sotib olingan materiallarning tannarxi o‘z ichiga ularning sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxonatoMovlari, sertifikatlash, brokerlarning xizmat haqlari vaboshqalar)ni oladi. Sotib olishdato‘langanqo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini materiallar qiymatiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik qurilish tashkilotiningbu soliqningto‘lovchisi yoki to‘lovchisi emasligiga bog‘liq. QQS to’lovchi qurilish tashkilotlarida ta’minotchilarga (bojxonaga) to‘langan QQS summasi materiallar qiymatiga kiritilmaydi, balki budjetga to‘lanadigan QQS summasini topishda kamaytirishga olib boriladi. Ixchamlashtirilgan soliq rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlarida sotib olishda ta’minotchilarga (bojxonaga) to‘langan QQS summasi bevosita materiallar qiymatiga (tannarxiga) kiritiladi.
0‘z ishlab chiqarishidan olingan materiallar tannarxi ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha moddiy, mehnat va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bunda bir birlik materialning o‘rtacha tannarxi kalkulyatsiya qilish yoii bilan qurilish materiallarini ishlab chiqishga sarflangan xarajatlarning jami summasini jami ishlab chiqilgan materiallarning miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.
Ta’sischilardan olingan hamda beg‘araz (bepul) kelib tushgan materiallarning tannarxi deganda ularning shartnomalarda ko‘rsatilgan baholardagi qiymati tushuniladi.
Turli manbalardan olingan materiallar omborlarda va qurilish maydonchalarida FIFO, AVEKO yoki bir o‘zini identifikatsiyalash usullaridan biri asosida hisoblangan qiymati (tannarxi) bo‘yicha hisobdan chiqarib boriladi.
FIFO usulda qurilish materiallarining chiqimi (qurilish ishlariga sarfi va boshqa chiqimlari) ularning kelib tushish ketma-ketligidagi qiymati
(tannarxi) bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, 20 yil 1 -may holatiga
omborda 10 tonna har bir tonnasining kirim bahosi 80000 so‘m bo‘lgan jami 800000 so‘mlik sement mavjud bo‘lgan, may oyida ularning tushumi quyidagicha bo‘lgan deylik:

Hujjat

Miqdori, t.

Bahosi

Summasi

.Vs

Sana

125

5 may

30

85000

2550000

142 '

15 may

20

90000

1800000

May oyida 5 5 tonna sement qurilish ishlariga sarflangan bo‘ Isa, u holda sementning qurilish tannarxiga kiritilgan qiymati FIFO usul bo‘yicha 4700000 so‘mni( 10*80000 + 30*85000 + 15*90000), 1-iyun holatiga omborda qolgan sementning qiymati 450000 so‘mni (5*90000) tashkil etadi.


AVEKO usulida materiallarning bosh qoldig‘i va kirimi asosida ularning o‘rtacha bahosi aniqlanadi. Keyin ushbu o‘rtacha baho sarflangan va qoldiq materiallarga ko‘paytirilib, mos ravishda ularning qurilish qiymati (tannarxi)ga kiritilgan hamda qoldiqda qolgan qismlarining qiymati topiladi. Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra 1 tonna sementning AVEKO usul bo‘yicha o‘rtacha bahosi 85833,33 so‘mni [( 800000 + 2550000 + 1800000) : (10 + 30 + 20)], qurilishga sarflangan sementning qiymati 4720833 so‘mni (55*85833,33), oy oxiridaqolgan sementning qiymati esa429167 so‘mni (5*85833,33)ni tashkil qiladi.
Materiallar qiymatini baholashning bir o‘zini identifikatsiya qilish usuli, odatda, yakka (individual) tarzda yaratilgan va o‘z analogiga ega bo‘lmagan materiallarga (moslamalar, konstruksiyalarga) taalluqlidir. Sunday materiallar qaysi baholarda olingan bo‘lsa, o‘sha baholarda hisobdan chiqariladi.


    1. Download 1.4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling