Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va ahliliy hisobi


Download 1.4 Mb.
bet26/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va ahliliy hisobi

Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik hisobi 21-son BHMSga muvofiq 1000 «Materiallar hisobi schotlari» tizimida ochiladigan quyidagi schotlardayuritilishi lozim:
1010 «Xomashyo va materiallar»;
1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»;
1030«Yoqilg‘i»;
1040 «Ehtiyot qismlar»;
1050 «Qurilish materiallari»;
1060 «Idish va idishbop materiallar»;
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»;
1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari»;
1090 «Boshqa materiallar»
Ushbu aktiv schotlarning debetida material boyliklarning hisobot davr boshidagi qoldigi va hisobot davrida turli manbalardan kirim qilinishi va boshqa sabablar evaziga ko‘payishi, kreditida esa ularning qurilish ishlariga sarflanishi va boshqa turli chiqimlari (sotilishi, bepul berilishi va shukabilar) evaziga kamayishi aks ettiriladi.
Moddiy boyliklarning kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi ularning sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Materiallar bo‘yicha tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qurilish tashkiloti hisob siyosatida belgilanadi.
Qurilish tashkilotlari materiallar kirimini ikki usulda olib borishlari mumkin: (1) bevosita usul; (2) bilvosita usul.
Materiallar hisobining bevosita usulida ularning barcha manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schotlarining (1010-1090

schotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Ushbu usulda materiallarning turli manbalardan kelib tushishi va ular kirimini 1010-1090 schotlarda aks ettirish tartibi 3.3-jadvalda keltirilgan.
Materiallar hisobining bilvosita usulida ularning ta’minotchi tashkilotlardan xarid qilinishi, o‘z sexlaridan kirim qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlab 1510 «iMateriallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida to‘planadi. Bunda materiallarning kelib tushish manbalarini ifodalovchi schotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Moddiy boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schotning kreditida va 1010-1090 schotlarning debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallarning hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagichahisobdanchiqariladi:

  1. kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo ‘Iganda:


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling