Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


‘f = (250000 + 1000000) / (10000000 + 15000000)* 100% = 5


Download 1.4 Mb.
bet28/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

0‘f = (250000 + 1000000) / (10000000 + 15000000)* 100% = 5
о/ •
/0,

  1. qurilishga sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan ularning xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi 1000000 so‘mga teng bo‘ladi:

Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m.
10-s qaydnomaning 2-va 3- bo‘limlarida har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha materiallarning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i, shuningdek ularning kirim va chiqimi hisob baholarida aks ettiriladi. Chunonchi, bu bo‘limlarda materiallarning chiqimi ularning hisobdan chiqarilish yo‘nalishlarini ifodalovchi sintetik schotlar hamda tahliliy schotlarning aniq moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Qaydnomaning materiallar chiqimini ifoda etuvchi yig‘ma ma’lumotlari korrespondensiyalanadigan sintetik hamda tahliliy schotlar bo‘yicha 10-sjurnal-ordergao‘tkaziladi. Bujurnal-orderda qurilish ishlariga sarflangan materiallarning qiymati materiallar harakati va sarfi to‘g‘risidagi hisobotlarda (M-l9 va M-29 shaklli hisobotlar) ko‘rsatilgan xarajat obyektlari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi.
Qurilish tashkilotlarida ta’minotchilar bilan sotib olingan materiallar bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va tahliliy hisobi 6-s jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu jurnal-orderga yozuvlar xronologik tarzda ta’minotchilardan olingan materiallarga guvohlik beruvchi schot-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
Quril ish tashkilotlari qurilish ishlarini buyurtmachilarning o‘zlari taqdim etgan materiallar hamda o’rnatishga mo‘ ljallangan uskunalar asosida ham bajarishlari mumkin. Agar ushbu boyliklarni buyurtmachi tomonidan berilishi qurilish ishlari shartnomalarida ko‘zda tutilgan bo'lsa, u holda ular qurilish tashkilotlarida balansdan tashqari 003 «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» va 005 «0‘matish uchun qabul qilingan uskunalar» schotlarida hisobga olinadi. Bu schotlarga yozuvlar faqat bir tomonlama qilinadi. Chimonchi, material ku'vaiLskunalarningbuyurtmachilardan olinishi ushbu schotlarning debetida, sarflanishi esa kreditida aks ettiriladi.
Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilardan qurilish ishlarida foydalanish uchun olgan materiallar va uskunalar bo‘yicha material hisoboti alohida yuritiladi. Bu materiallar va uskunalar faqat buyurtmachilarga tegishli qurilish ishlariga sarflanadi. Olingan materiallar va uskunalarning sarfi M-29 shaklli hisobot va unga ilovaqilingan hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Buyurtmachilardan olingan materiallarva uskunalarning qiymati quxilish ishlarining umumiy smeta qiymatiga kiritiladi, ya’ni ular pudratchi va buyurtmachi o‘rtasidatuziladigan «Qurilish ishlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi»da (KS 2-shakl) hamda «Bajarilgan ishlar qiymati va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma»da (KS-3 shakl) buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan materiallar va uskunalar qiymati alohida qatorlarda ko‘rsatiladi, biroq ular o‘zaro hisob-kitoblarda to‘ lov summasiga kiritilmaydi.

  1. Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi

Qurilish tashkilotlaridamateriallarni inventarizatsiyaqilish, uningnatijalarini aniqlash,hujjatlirasmi>telitirishvahisobgaolishrespublikamizdaqabul qilingan B1IMS19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish»dakeltirilgan tartib- qoidalarga muvofiq amalga osliirilishi lozim.
Ushbu standartgaasosan qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarning rejali inventarizatsiyasi kryili kamidabir martao‘tkaziladi. Moddiy boyliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj cflish holatlari aniqlanganda, favquloddagi hodisalar yuz berganda, shuningcek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari inventaiiatsiyalaro‘tkazUishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ularni sanash, tortish, oichash vashukabi boshqa usullaryordamidaaniqlanadi. Sanash, tortish, oichash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatiga keltiriladi. Chunonchi:

  • taxtalar enining oichov birligiga (20 mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab taxlab chiqiladi;

  • bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi;

  • mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining oichamiga qarab ajratiladi;

  • gishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi;

  • havzada saqlanayotgan sement havzayuzasini aniqlash uchun bir tekisga keltiriladi;

  • trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi;

  • qum va shag‘al ularni kubometr holda oichash holatiga keltiriladi;

  • qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yoikalar, devorlar, yuvinish va sanitariya xonalari) ularning oichamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi;

  • buyurtmachiga tegishli bo’lgan materiallarvao’rnatishga mo ijallangan uskunalar alohida joylarga taxlanadi.

Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga imkon beruvchi holatga keltiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real miqdorini inventarizatsiya varaqlariga(Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya varaqlarining har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Inventarizatsiya yakunlangach, bixgalteriyada inventarizatsiya varaqalari ma’lumotlari va materiallar hisoli kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari taqqoslanib, inventarizatsiya latijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari «Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu qaydnomaga buxgdter va moddiyjavobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar tomonidan tasdiqlaiadi. Tasdiqlangan taqqoslash qaydnomasi ma’lumotlari inventarizatsiya natijalarini hisobga olishgaasos bo‘lib hisoblanadi.
Bir xil nomdagi, lekin qiymati bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan materiallar, konstruksiyalar, moslama va buyumlar bo‘yicha rahbaming ruxsati bilan kamomadlarni ortig’i bilan qoplanishiga ruxsat etiladi. Bunda hisobda materiallarning faqat qiymatlari bo‘yicha farq kamomad yoki ortiqcha sifatida aks ettiriladi.
Inventarizatsiyada materiallar bo‘yicha aniqlangan ortiqehalar qurilish tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 1000 «Materiallar hisobi schotlari» (mos schotlar);
Kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar».
Materiallar bo‘yicha aniqlangan kamomadlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling