Tovarlarni savdo-sotig'ini amalga oshirish va unda qo ‘llaniladigan hisob-kitoblar ning shakliga ко‘ra savdo ulguiji, mayda ulguiji va chakana savdo turlariga boiinadi.
Ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarning yirik turkumlarini o'zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli bo'yicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadidayoki o'z ishlab chiqarish-xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni moijallayotgan xo'jalik yurituvchi sub’yektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ulguiji savdo ham ichki, ham tashqi savdo faoliyati boiishligi mumkin.
iVIayda ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarni kichik turkumlar bilan o'zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz va naqd pul shakllari bo'yicha sot ish ni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Maydaulguiji savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi. Ushbu savdo faoliyati chakana savdo korxonalari, ulgurji savdo korxonalari va yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turg‘un savdo shohobchalari hamda iste’mol buyum bozorlarida ajratilganjoylar orqali amalga oshiriladi.
Chakana savdo - savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan lijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘ lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. Ushbu savdo faqat ichki savdo faoliyati hisoblanadi.
Chakana savdo yurituvchi shaxslar ning statusiga ко‘ra savdo faoliyati jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |