Urazov K.B. Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish-T.:«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2004, 41-77 betlar.
bob. SAVDO KORXONALARIDA DAROMADLAR, XARAJATLAR VA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI
Savdo korxonalarida daromadlar hisobi Sotishdan olingan daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari 21 - son BHMSga muvofiq 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” schotining kredit aylanmasidan 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytarilishi” va 9050 “Xaridor va buyurtmachi larga berilgan chegirmalar” schotlarining debet aylanmalari summalarini ayirish yo‘ li bilan topiladi.
Sotilgan tovarlarning qaytarilishi va xaridorlarga berilgan chegirmalar ular yuz bergan hisobot davrida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytarilishi”;
9050 “Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”;
Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
Sotilgai tovarlarning qayt^lishivaxaridorlargaberilgpnchegirmalarni hisobga oluvchi schotlarningyopilishi hisobot davri oxirida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;
Kredit 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytarilishi”;
9050 “Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
Hisobot davri oxirida sotishdan olingan sof tushumning yakuniy moliyaviy natijalar schotiga yopilishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |