Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Hisobot yilining sof foydasi (zararlari) taqsimlanishining hisobi


Download 1.4 Mb.
bet293/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Hisobot yilining sof foydasi (zararlari) taqsimlanishining hisobi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotiga foydani ishlatilishi hisobi schotini, ya’ni 9800 schotni yopilishi bilan savdo korxonasining hisobot yil yakuni bo‘yicha sof foydasi (qoplanmagan zarari)ni aniqlash imkoni bo‘ladi. Buning uchun 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debet va kredit aylanmalari taqqoslanadi. Ushbu schotning kredit aylanmasini debet aylanmasidan katta bo‘ lishi savdo korxonasining sof foydasi, kredit aylanmasidan debet aylanmasini katta bo‘lishi savdo korxonasining qoplanmagan sofzararini bildiradi.
Aniqlangan sof foyda summasi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga va 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schotining kreditiga o‘tkaziladi. Yil yakuni bo'yicha

zarar bilan chiqilgan bo'lsa, ushbu zarar summasi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotning kreditiga va 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schotining debetiga o‘tkaziladi. Ushbu yozuv bilan 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schoti to‘lig‘ichayopiladi.
Hisobot yili oxirida 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schotida aks ettirilgan sof foyda (qoplanmagan zarar) taqsimlanishi yoki taqsimlanmay qol ishi mumkin. Bunday taqsimotni amalga oshirish savdo korxonalarining mulkiy va tashkiliy shakliga bevosita bogMiq hisoblanadi. 0‘rtoqchilik jamiyatlaridagi savdo korxonalarida, masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xususiy korxonalarda ularning ustavi va ta’sis shartnomalari talablaridan kelib chiqqan holda hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) ta'sischilar yig' ilishining qaroriga asosan taqsimlanishi yoki taqsimlanmasdan korxona ixtiyorida jamlangan foyda (qoplanmagan zarar) hisobiga qoldirilishi mumkin. Bu turdagi savdo korxonalarida ta’sischilar yig‘ilishi qaroriga asosan hisobot yilning sof foydasini taqsimlash quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling